TGViewer
SALES NEWS SALES NEWS @ekspres · 53.4K subscribers
Post #5033 3.07K
💵 "The Greater Fool Theory" (Kattaroq ahmoq nazorati) — Loyihalar hech qanday qiymatga ega boʻlmagan memkoinlarni sizga qanday pullashadi?🔗

❓Nega hech qanday foydasi, texnologiyasi va kelajagi boʻlmagan qandaydir it, mushuk yoki kulgili mem rasmli tokenlar bir zumda millionlab dollar boʻlib ketadi? Iqtisodiyotda buni Greater Fool Theory deb atashadi.


💱Siz biron bir tokenni uning real qiymati borligi uchun emas, balki kelajakda uni sizdan ham qimmatroq narxga sotib oladigan "kattaroq ahmoq" barbir topilishiga ishonganingiz uchun sotib olasiz.


📊Oʻyin qanday tugaydi? Narx zanjir boʻylab koʻtarilaveradi: birinchi ahmoq ikkinchisiga sotadi, ikkinchisi uchinchisiga qimmatroq pullaydi. Ammo shunday bir nuqta keladiki, bozorda u tokenni bundan ham qimmatroq narxga oladigan "yangi ahmoq" qolmaydi. Oʻsha zahoti zanjir uziladi, loyiha asoschilari pullarni yigʻib qochadi (Rug pull) va eng oxirida token koʻtarib qolganlar bor budidan ayriladi.🔽


🔄 Memkoinlar bozori — bu investitsiya emas, bu kim pulni oxirida koʻtarib qolishi ustiga oʻynaladigan daxshatli moliyaviy oʻyin. Oʻyin ichida ekanligingizni unutmang va foyda koʻrdingizmi — srazu asosiy pulingizni naqd qilib chiqib oling.🛡

✅ @ekspres • @Sales_chat
More from @ekspres
  1. Oct 13, 2026Post #5850
  2. Oct 13, 2026🔨 REDO #1 crafti chiqadimi? Kallen kanalida REDO'ning #1 raqamli kraf­ti bo'yicha so'rovn…
  3. Oct 12, 2026Post #5848
  4. Oct 12, 2026🔥#888 - 200💀 🎁ResistanceDog-888 - aynan hozir tayyorlangan, 3 ta "black REDO" materiali…
  5. Oct 12, 2026⭐️ Snoop Dogg nimaga ishora qilyapti? ⭐️U o'z kanalida "round 2" haqida post joyladi Bu bi…
  6. Oct 12, 2026🤯 REDO bozorni portlatdi Faqatgina 24 soat ichida 🎁 Resistance Dog kolleksiyasi oylik so…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →