💎🌉Hammamiz bilamizki, Bitcoin cheklangan miqdorda yaratilgan — dunyoda jami 21 million dona Bitcoin bo‘lishi mumkin xolos. Hozirgacha uning 19,7 milliondan ortig‘i qazib olib bo‘lingan. Xo‘sh, eng oxirgi Bitcoin qazib bo‘lingach nima bo‘ladi?
⚙️Fakt: Matematik algoritm va Halving (har 4 yilda maynerlar mukofotining 2 barobar kamayishi) tizimi sababli, eng oxirgi Bitcoin aniq 2140-yilda qazib olinadi. Ya'ni qolgan 1,3 million donasini qazib olish uchun yana 114 yil kerak bo‘ladi!
🌐Maynerlar nima qiladi?
Bitcoin tugagach, maynerlar yangi tanga olishmaydi. Ular faqatgina tarmoqdagi tranzaksiyalarni tasdiqlaganliklari uchun foydalanuvchilar to‘laydigan komissiya (Gas fee) hisobiga kun ko‘rishni boshlashadi.
🌅Deflyatsiya qonuniga ko‘ra, taklif butunlay to‘xtab, talab saqlanib qolsa, aktivning narxi kosmik darajada ko‘tarilib ketadi. Shu sababli, 2140-yilga borib 1 dona Bitcoin tasavvur qilib bo‘lmaydigan qiymatga ega bo‘lishi bashorat qilinadi.⏫
✅ @ekspres • @Sales_chat
