TGViewer
SALES NEWS SALES NEWS @ekspres · 53.3K subscribers
Post #4949 2.63K
🔥 "Address Poisoning" (Hamyonni zaharlash) — Kripto hamyoningizdagi pullarni qanday qilib adashib firibgarga yuborishingiz mumkin?

👛Kripto-o‘tkazmalarni amalga oshirayotganda hammamiz manzilning uzunligi sababli uni to‘liq o‘qib o‘tirmaymiz. Shunchaki manzilning boshidagi 4 ta va oxiridagi 4 ta harf/raqamiga qarab, to‘g‘ri ekanligiga ishonch hosil qilamiz va "Copy/Paste" qilamiz. Firibgarlar aynan shu odatimizdan foydalanishmoqda!


🐶Tuzoq qanday ishlaydi?

⚙️Maxsus xakerlik botlari sizning hamyoningizni kuzatib turadi. Siz biror manzilga pul yuborganingiz zahoti, ular siz yuborgan hamyon manziliga bosh va oxirgi belgilari 99% bir xil bo‘lgan soxta manzil yaratishadi. Keyin sizning hamyoningizga 0 dollar (yoki 0 TON/USDT) o‘tkazishadi.

🚫 Keyingi safar yana pul o‘tkazmoqchi bo‘lganingizda, hamyoningiz ichidagi oxirgi tranzaksiyalar (History) bo‘limiga kirasiz va manzilning boshi va oxiriga qarab "ha, o‘tgan safargi manzil ekan" deb firibgarning manzilini ko‘chirib olasiz (copy qilasiz). Pullar esa firibgarning hamyoniga uchib ketadi.


💡 Qanday himoyalanamiz?
Hech qachon hamyon tarixidagi (History) manzillardan nusxa olmang. Pul yuborayotganda manzilni faqat va faqat qabul qilib oluvchining o‘zidan qaytadan so‘rab, nusxalab oling yoki QR-kod orqali skaner qiling!

✅ @FOTO • @sales_chat
More from @ekspres
  1. Oct 14, 2026💎 GRAM.ORG — TELEGRAM dan TON uchun rasmiy brauzer. Ko'rinishicha, u Fragment va Telegram…
  2. Oct 14, 2026🫤 Telegram Gifts uchun yangi utility g'oyasi! 💳 Agar Telegram Walletda bank kartasi diza…
  3. Oct 14, 2026Post #5854
  4. Oct 14, 2026⚖️ Farg‘onada 2,5 trln so‘mlik noqonuniy kripto-aktivlar aylanmasi fosh etildi Farg‘ona vi…
  5. Oct 14, 2026🎁E'tiborsizlik qimmatga tushdi! Bir kishi o'zining Redo giftini atigi 4.65 TON evaziga so…
  6. Oct 13, 2026Post #5850
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →