❗️Tasavvur qiling: hamyoningiz (Tonkeeper, Metamask va h.k.) kalitini (seed-phrase) hech kimga bermagansiz, shubhali ssilkalarga kirmagansiz. Lekin bir kuni kirsangiz, ichidagi pullar yo‘q! Bu qanday sodir bo‘ldi?
💬Asl sabab: Bir necha oy oldin qaysidir airdrop, o‘yin yoki birjada qatnashayotganda siz hamyoningizni saytga ulagansiz va smart-kontraktga pullaringizni ishlatish uchun Allowance (Ruxsatnoma) bergansiz.
Muammo nimada? Ko‘pchilik saytdan chiqib ketgach, hamyon xavfsiz deb o‘ylaydi. Aslida esa o‘sha sayt (yoki loyiha egalari firibgarga aylansa) siz ruxsat berganingiz sababli, xohlagan paytda hamyoningiz ichidagi pulni so‘ramasdan tortib olish huquqiga ega bo‘lib qoladi.
🛡Yechim (Foydali layfxak): Berilgan ruxsatnomalarni vaqti-vaqti bilan bekor qilib turish (Revoke qilish) shart! Buning uchun TON tarmog‘ida tonviewer.com yoki EVM tarmoqlarda revoke.cash saytiga hamyoningizni ulab, sizdan ruxsat olgan eski va shubhali saytlarni ro‘yxatdan o‘chirib tashlang.
✅ @ekspres • @sales_chat
