👛 Agar siz kriptovalyuta, TON yoki Telegram mini-ilovalariga oid guruhlarda faol bo‘lsangiz, ushbu postni diqqat bilan o‘qing. Hozirda firibgarlar daxshatli va aqlli usullarni o‘ylab topishgan.
⚠️ Tuzoq qanday ishlaydi?
Siz biron-bir rasmiy guruhda muammoingiz haqida yozasiz (masalan: "Tanganing listingi qachon?" yoki "Hamyonim ulanmayapti").
Sizga srazu lichkaga o‘sha guruhning rasmiy admini profili va rasmini 100% nusxalagan soxta akkaunt yozadi.
U go‘yoki sizga yordam bermoqchi bo‘lib, "Muammoni hal qilish uchun mana bu rasmiy TON-versifikatsiya saytiga kiring va hamyoningizni ulang" deydi.
Sayt tashqi ko‘rinishidan Tonkeeper yoki rasmiy Telegram Wallet'ga juda o‘xshaydi. Siz u yerga maxfiy 24 ta so‘zingizni (Seed-phrase) kiritganingiz yoki hamyonni ulab, tranzaksiyaga ruxsat bergan soniyangizda — hamyoningizdagi bor TON va USDT pullaringiz 1 soniyada g‘oyib bo‘ladi!
🐶 Qanday himoyalanish kerak?
🟢Haqiqiy adminlar hech qachon birinchi bo‘lib lichkaga yozmaydi va hech qachon sizdan maxfiy so‘zlarni yoki hamyonni shubhali linklarga ulashni so‘ramaydi!
🟡Lichkangizga yozgan odamning "Username"ini guruhdagi haqiqiy adminniki bilan harfma-harf solishtiring.
Ushbu ogohlantirishni srazu kripto bilan shug‘ullanadigan guruh va do‘stlaringizga ulashing.
✅ @ekspres • @sales_chat
