🩵 Hech biror tanga (masalan, Toncoin yoki boshqa yangi token) juda tez koʻtarilayotganini koʻrib, "Ehh, kechikdim, srazu sotib olishim kerak, boʻlmasa foydasiz qolaman!" deb oʻylaganmisiz?
🛸 Bu hissiyot psixologiyada FOMO (Fear of Missing Out) — ya'ni "Imkoniyatni boy berib qoʻyish qoʻrquvi" deyiladi. 🙏
❌ Koʻpchilik qanday xato qiladi?
Tanga oʻzining eng yuqori choʻqqisiga chiqqanda (pikda) hamma vahima ichida uni sotib olishni boshlaydi. Aynan oʻsha paytda professional treyderlar tangani sotib, foydani naqd qilib olishadi. Natijada narx pastga qarab uchadi, kechikib kirganlar esa zarar koʻradi.
💡 FOMOga tushmaslik qoidalari:
🟡Hech qachon yashil chiziq (narx keskin koʻtarilayotgan) paytda bozorga kirmang. Red (qizil) kunlarni kuting.
🟢Boshqalar vaxima qilib sotayotganda sotib oling, hamma xursand boʻlib sotib olayotganda siz soting.
🔵Hissiyot bilan emas, sovuq qonlik va reja bilan investitsiya qiling.
Sizda ham hayotda yoki kriptoda FOMO holati boʻlganmi?⏬
✅ @ekspres • @sales_chat
