Rossiya hukumati IMEI raqamlar bazasi bo‘yicha yangi qoidalarni tasdiqladi. Endi SIM-kartali qurilmalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimi joriy etilishi mumkin.
⭐️ Rejaga ko‘ra, telefonning IMEI raqami bazaga kiritiladi va SIM-karta ma’lum qurilmaga bog‘lanishi mumkin.
Rasmiylarning aytishicha, bu o‘g‘irlangan va noqonuniy qurilmalarga qarshi kurashishga yordam beradi. Biroq foydalanuvchilar maxfiylik va qurilmalar ustidan nazorat kuchayishidan xavotir bildirmoqda.
⭐️Hozircha tizimning barcha tafsilotlari va qachondan to‘liq ishga tushishi aniq emas.
