📊 Cloudflare ma’lumotlariga ko‘ra, internet tarixida ilk bor botlar yaratadigan trafik hajmi insonlar trafikidan oshib ketdi. Hozir internetdagi barcha trafikning 57 foizi botlar, 43 foizi esa odamlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
🚀 Mutaxassislar avval botlar odamlarni faqat 2027-yilda ortda qoldiradi deb taxmin qilgan edi. Biroq ularning faolligi kutilganidan ancha tez sur’atlarda oshmoqda.
🧠 Bunga asosiy sabab sifatida sun’iy intellekt agentlari ko‘rsatilmoqda. Ular foydalanuvchilar nomidan ma’lumot qidirish, saytlarni ko‘rish va turli vazifalarni avtomatik bajarishni tobora ko‘proq amalga oshirmoqda.
🌐 Natijada internetdagi har ikki so‘rovdan bittadan ko‘prog‘i endi inson emas, balki botlar tomonidan amalga oshirilmoqda.
✅ @ekspres • @sales_chat