TGViewer
Edu.uz Edu.uz @eduuz · 143K subscribers
Post #53121 32K
#Qonunchilik_yangiliklari

Toshkent xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-oktyabrdagi PQ–378-son qarori bilan Toshkent xalqaro moda akademiyasini tashkil etish belgilandi.

Mazkur qaror mamlakatda yengil sanoat, dizayn va kreativ iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, xalqaro talablarga javob beradigan taʼlim tizimini shakllantirish hamda milliy moda sanoatining raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan.

Qarorga muvofiq, Toshkent xalqaro moda akademiyasi davlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi va Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tizimida faoliyat yuritadi. Akademiya Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti hamda Parij xalqaro moda akademiyasi (Achadémie internationale de choupe de Paris) oʻrtasidagi qoʻshma taʼlim dasturi asosida tashkil etiladi.

Akademiyada oʻquv jarayoni 2026/2027 oʻquv yilidan boshlanadi. Talabalar amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq qabul qilinadi. Qoʻshma taʼlim dasturlari bilan bir qatorda, oʻz taʼlim dasturlari asosida bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.

Batafsil:
https://gov.uz/edu/news/view/234278

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • ❤ 13
  • 🤔 2
  • 😱 2
More from @eduuz
  1. Oct 17, 2026Pedagog xodimlar farzandlari uchun kontrakt chegirmasiga ariza berish tartibi Davlat oliy…
  2. Oct 17, 2026#xalqaro_hamkorlik O‘zbekiston xalqaro robototexnika va muhandislik hamjamiyatidagi ishtir…
  3. Oct 17, 2026Oʻzbekiston Prezidenti Xitoy Davlat kengashi Bosh vaziri bilan uchrashuv oʻtkazdi Oʻzbekis…
  4. Oct 17, 2026Ilk bor xorijlik talabalar o‘zbek tili bo‘yicha respublika olimpiadasida bellashmoqda 16-o…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →