#so‘rovnoma
“Talabalar shaharchasi — yoshlar nigohida”: fikringiz va taklifingiz muhim!
Toshkent shahridagi talabalar shaharchasida taʼlim va yashash sharoitlarini oʻrganish, talabalar duch kelayotgan muammolar hamda ularning yechimiga doir takliflarni aniqlash maqsadida my.hemis.uz platformasi orqali soʻrovnoma oʻtkazilmoqda.
Soʻrovnoma taʼlim olish, yashash sharoiti, talabalar turar joylari, kundalik xizmatlar, xavfsizlik, madaniy hordiq va sport bilan shugʻullanish sharoitlarini qamrab oladi.
Quyidagi oliy taʼlim tashkilotlari talabalarini soʻrovnomada faol ishtirok etishga taklif qilamiz:
🔹 Shaharcha hududida joylashgan:
• Oʻzbekiston Milliy universiteti;
• Toshkent davlat texnika universiteti;
• Toshkent davlat tibbiyot universiteti;
• “Tosh Tech” texnika universiteti (Tashtech);
• Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti;
• Profi universitetining Tillar fakulteti.
🔹 Shaharcha hududida talabalar turar joylari mavjud:
• Toshkent davlat yuridik universiteti;
• Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti;
• Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
• Renesans universiteti.
Hurmatli talabalar! Qaysi muammo kundalik hayotingizga taʼsir qilmoqda? Qanday madaniy va sport imkoniyatlari yetishmayapti? Birinchi navbatda nimani oʻzgartirish zarur?
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Post #53072
6.87K

- ❤ 5
- 👍 2