TGViewer
Edu.uz Edu.uz @eduuz · 144K subscribers
Post #52947 7.16K
#Mirziyoyev #taqdimot #Toshkent #bunyodkorlik

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida mahallalarni obodonlashtirish, yangi maktab va bog‘chalar qurish hamda shahar muhitini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar
taqdimoti bilan tanishdi.

Poytaxtda aholi soni oʻsishi bilan oʻquvchi oʻrinlari tanqisligi ortib bormoqda. 2025–2026-oʻquv yilida tanqislik 141 ming oʻrinni tashkil etgan boʻlsa, 2030–2031-oʻquv yiliga borib bu koʻrsatkich 212 mingga yetishi mumkin.

Shu bois, 2030-yilgacha 126 mingta yangi maktab oʻrni yaratish rejalashtirilgan. Natijada maktablar yuklamasi 1,4 koeffitsiyentdan 1,2 gacha pasayadi.

2026–2027-oʻquv yili uchun jami 38 ming oʻrinli 24 ta yangi maktab loyihasi tayyorlangan. Yangi loyihalar orqali yer maydonini 50 foiz tejash, sport maydonlarini 3 barobar kengaytirish va namunaviy loyihalar samaradorligini 40 foizga oshirish koʻzda tutilgan.

Shuningdek, Toshkent shahrida maktabgacha taʼlim qamrovini 2030-yilga borib 92 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda. Buning uchun 40 mingta qoʻshimcha bogʻcha oʻrni yaratiladi.


2026–2027-oʻquv yili uchun jami 16 ming oʻrinli 28 ta yangi bogʻcha loyihasi tayyorlangan. Yangi loyihalar bolalar rivojlanishi, xavfsizligi va salomatligiga xizmat qiluvchi zamonaviy yechimlarni oʻz ichiga oladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • 🔥 6
  • ❤ 4
More from @eduuz
  1. Oct 14, 2026#Olimlar_minbari #05-11.10.2026 “Millat va mas‘uliyat” — Rustam XOLMURODOV, Samarqand davl…
  2. Oct 14, 2026O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish…
  3. Oct 14, 2026Diqqat! Vazir o‘rinbosari nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda Telegram orqali Ta’lim va i…
  4. Oct 14, 2026Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosa…
  5. Oct 14, 2026#SavolJavob ❓Kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talaba asosiy ish joyida to‘liq 1 s…
  6. Oct 14, 2026#Festival2026 Respublika miqyosida ilk bor VII Turk dunyosi adabiyot va kitob festivali bo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →