TGViewer
Edu.uz Edu.uz @eduuz · 143K subscribers
Post #52800 9.55K
#Andijon #talaba_yugur #sport

Andijonda “Talaba — yugur!” ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazildi

Andijon shahrida “Silk Road Uzbekistan” xalqaro ommaviy yugurish musobaqalari doirasida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida “Talaba — yugur!” ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Yangi Andijon massivida tashkil etilgan mazkur sport tadbiri talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda ommaviy sportga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.

Talaba-yigitlar o‘rtasida:

1-o'rin — Axrorbek Turg‘unov, Andijon davlat universiteti talabasi;
2-o'rin — Abdulatif Sotvoldiyev, Andijon davlat universiteti talabasi;
3-o'rin — Abdumutalib Egamov, Andijon davlat universiteti talabasi.

Talaba-qizlar o‘rtasida:

1-o'rin — Soadatoy Alijonova, Andijon davlat universiteti talabasi;
2-o'rin — Robiyaxon Isroilova, Andijon davlat universiteti talabasi;
3-o'rin — Xaytxon Ro‘ziyeva, Andijon davlat universiteti talabasi.

Musobaqada munosib ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallagan barcha talabalarimizni samimiy muborakbod etamiz!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • ❤ 8
  • 👍 1
  • 🥰 1
  • 👏 1
  • 🤩 1
More from @eduuz
  1. Oct 11, 2026“Kelajak soati” darsida navbatdagi mavzu: Odatlar hayotimizni o‘zgartiradi Dars ssenariysi…
  2. Oct 11, 2026#Dayjest | #Talabalar_xavfsizligi Talabalar doimiy e’tiborda! Respublikamizdagi oliy ta’li…
  3. Oct 11, 2026“IT Queens — kelajakni yaratuvchi qizlar” innovatsion tanlovining respublika bosqichi gʻol…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →