TGViewer
Edu.uz Edu.uz @eduuz · 144K subscribers
Post #52602 15.4K
Prezidentimiz Ta’lim va ilm-fan vazirligini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzolar ekanlar, ta’lim sifatini oshirish va sohani yangi bosqichga olib chiqish uchun yangicha yondashuvlarni qo‘llash, bozor talablariga mos ta’limni, raqobatni hamda xususiy sektor ishtirokini rivojlantirish vazifasini qo‘ydi.

Shu maqsadda Prezident Administratsiyasi huzurida Inson kapitalini rivojlantirish va uzluksiz ta’lim strategiyasi bo‘yicha umummilliy konsepsiyani ishlab chiqadigan maxsus ishchi guruh tashkil etilmoqda. Unga jamoatchilik asosida tadbirkor Zafar Hoshimov rahbarlik qiladi.

Guruh tarkibiga ta’lim muassasalarini yo‘lga qo‘yish va samarali tizimlar yaratishda tajribaga ega tadbirkorlar, soha mutaxassislari, olimlar hamda xalqaro ekspertlar jalb qilinadi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • 👍 30
  • 🤔 13
  • ❤ 9
More from @eduuz
  1. Oct 4, 2026#Tanlov “IT Queens — kelajakni yaratuvchi qizlar” innovatsion tanlovining Xorazm viloyati…
  2. Oct 4, 2026Jizzax politexnika instituti Xitoy bilan ta’lim, sun’iy intellekt va muhandislik yo‘nalish…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →