Vazir Andijonda dual ta’lim asosida amaliyot o‘tayotgan talabalar bilan uchrashdi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Andijon viloyatiga xizmat safari doirasida Andijon tumanining Mingo‘rik mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan “Andijon Jinlun yangi energiya” xorijiy korxonasida bo‘ldi.
Muqobil va qayta tiklanuvchi energiya texnologiyalari hamda gidroenergetika yo‘nalishidagi loyihalarga ixtisoslashgan korxona bilan tanishish davomida vazir dual ta’lim asosida amaliyot o‘tayotgan talabalar bilan uchrashib, ularning ish jarayonidagi faoliyati bilan qiziqdi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/223078
#Vazir_Andijon #Xizmat_safari
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Post #52063
6.72K







