⚡️Akademik litsey o‘qituvchisi xalqaro tanlovda g‘olib bo‘ldi
▪️Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti akademik litseyining fizika fani o‘qituvchisi Gulchehra Bekniyazova Fransiyaning Parij shahrida o‘tkazilgan nufuzli “The Best Education Project International” xalqaro tanlovida g‘olib bo‘ldi.
✍️U mazkur xalqaro tanlovda zamonaviy pedagogik yondashuv – fizikani o‘qitishda real va virtual laboratoriyalarni uyg‘unlashtirishga qaratilgan innovatsion ilmiy maqolasi bilan qatnashib, xalqaro ekspertlar tomonidan yuqori baholandi.
🏅Xalqaro tanlov yakunida Gulchehra Bekniyazova I darajali diplom, Xalqaro fan, madaniyat va san’at akademiyasi (IASCA) tomonidan oltin medal, shuningdek, esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
💐Akademik litsey o‘qituvchisini xalqaro tanlovdagi yutug‘i bilan chin dildan tabriklaymiz!
👉 Qaraqalpaqsha
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
