Biz tajribali, o'z ishining haqiqiy ustasi bo'lgan mutaxassislarni o'z jamoamizga taklif etamiz.
💼 Vakansiya: Metodist
📚 Yo'nalishlar: Arab tili, Ingliz tili va Boshlang'ich ta'lim
💰 Maosh: 8 000 000 – 14 000 000 so'm
📍 Manzil: Sergeli tumani, 4-Yangihayot bekati oldida
🕘 Ish vaqti: 09:00 – 18:00 (6/1)
✅ Nomzodga qo'yiladigan talablar:
• Tanlangan yo'nalish (Arab tili, Ingliz tilib va Boshlang'ich ta'lim) bo'yicha kamida 5 yillik pedagogik va amaliy tajriba
• Mutaxassislik bo'yicha malaka va sertifikatlar: IELTS, CELTA/TESOL/TKT, TAFL yoki xalqaro/mahalliy olimpiada natijalari
• O'qituvchilar uchun yillik reja va o'quv dasturlarini tuza olish, ularning faoliyatini nazorat qilish va metodik yordam ko'rsatish
• O'quvchilarning bilim darajasini (A va B nuqtalarini) aniqlash, o'sish dinamikasini kuzatish va oylik monitoring testlarini ishlab chiqish
• Darslarni tahlil qilish va o'qituvchilarga konstruktiv feedback bera olish
• Zamonaviy ta'lim texnologiyalari, audio-video platformalar yoki o'yinlashtirilgan o'qitish usullarini amalda qo'llay olish
🎯 Asosiy vazifalaringiz:
• Akademik bo'lim faoliyatini muvofiqlashtirish va o'quv jarayoni sifatini ta'minlash
• O'qituvchilar darslarini muntazam tahlil qilish va ularning kasbiy mahoratini oshirishga ko'maklashish
• Fanlar kesimida zamonaviy o'quv dasturlari, yillik rejalar va baholash mezonlarini joriy etish
• Monitoring testlarini tuzish, natijalarni tahlil qilish va o'quvchilar o'zlashtirish ko'rsatkichlarini oshirish bo'yicha choralar ko'rish
• Ta'lim sifatini yuksaltirishga qaratilgan yangi tashabbus va uslubiy tavsiyalarni taklif etish
🎁 Biz taklif qilamiz:
• Barqaror oylik maosh
• Professional va qadriyatli jamoada ishlash
• Kasbiy rivojlanish va tajriba almashish imkoniyati
• Zamonaviy ta'lim muhitida faoliyat yuritish
📩 Qiziqdingizmi? Rezyumengizni quyidagi havola orqali yuboring. Sizni Mudarris jamoasida ko'rishdan mamnun bo'lamiz!
HAVOLA
👉E'lon yoki rezyume joylash uchun: Admin
📣 @EduStaffs — Iqtidor imkoniyat bilan uchrashadigan manzil
Telegram | Rezyume tayyorlash