TGViewer
IT taʼlim IT taʼlim @edurtm_uz · 12.1K subscribers
Post #7883 20.6K
Egasi yoʻq muammo: imlodagi chalkashliklarga yechim kerak

Oʻzbek tilining asosiy imlo qoidalari tasdiqlangach, 1995-yili maktablar uchun qoʻllanma sifatida imlo lugʻati nashr etildi. Keyinchalik 2013-yili 85 000 dan ortiq soʻzni oʻz ichiga olgan va hozircha oʻzbek lotin alifbosidagi eng qamrovli imlo lugʻati bosmadan chiqdi. Ikki lugʻatdagi bir necha oʻnlab soʻzlar imlosida farq bor. Shu sababli foydalanuvchilar orasida turli tushunmovchilik va chalkashliklar paydo boʻlgan. 2013-yilgi lugʻat chop etilganiga ham sakkiz yil boʻlyapti. Lekin qaysi lugʻatga asoslanish kerakligi haqida haligacha aniq koʻrsatma yoʻq. Xoʻsh, bu masalani kim hal qilib beradi? Davlat tilini rivojlantirish departamentimi, OʻzRFA Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori institutimi yoki Alisher Navoiy nomidagi oʻzbek tili va adabiyoti universitetimi?

Ayni damda Milliy oʻquv dasturi boʻyicha darsliklar yangitdan ishlanyapti. Bu jarayonda qaysi bir lugʻatdan foydalanish masalasi koʻndalang turibdi. Shu paytgacha chiqqan aksariyat darsliklar 1995-yilgi lugʻatga asoslangan. Oʻqituvchilar oʻn yillar davomida oʻquvchilarga soʻzlarni sentabr, oktabr, budjet, miniatura, drijor shaklida yozishni oʻrgatib kelgan. Ammo 1995-yilgi lugʻatdan davomli foydalanish oʻzini oqlamaydi. Chunki unda soʻz kam. Oddiy natyurmort, kompyuter kabi soʻzlar kiritilmagan. Holbuki, hozir bu tushunchalar bilan oʻquvchilar birinchi sinfdayoq tanishyapti.

Batafsil: https://daryo.uz/k/2021/05/22/egasi-yoq-muammo-imlodagi-chalkashliklarga-yechim-kerak/

©️Orif Tolib, Respublika ta'lim markazi mutaxassisi

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Daryo Эгаси йўқ муаммо: имлодаги чалкашликларга ечим керак «Дарё» колумнисти имло масаласидаги чалкашликлар борасида ўз фикр-мулоҳазаларини билдирди
More from @edurtm_uz
  1. Jun 19, 2026🖥 AyTidagi eski qoidalar ishlamayapti Sunʼiy intellekt dasturchilarga qoʻyiladigan talabl…
  2. Jun 19, 2026Ta’tilda nima qilsam ekan, deb o‘ylayapsizmi? Yozgi ta’tilni foydali o‘tkazing — IT, xorij…
  3. Jun 18, 2026AI davrida AT ta'lim qanday o'zgaradi? 🏷"Mohirdev" asoschisi Anvar Nazrullayev: Sun’iy in…
  4. Jun 1, 2026Video va grafika yo‘nalishidagi sun’iy intellekt modellarini bepul o‘rganing! 📖Raqamli ta…
  5. May 15, 2026🔐 Sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik: o‘qituvchilar uchun dolzarb ko‘nikmalar O‘zbekisto…
  6. May 14, 2026Game Fest 2026 ga Atigi 1️⃣KUN QOLDI! Ro’yxatdan o’tishga ulgurib qoling! 📅 15-16 may 📍…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →