Kursni olganimda motivatsiya juda baland edi lekin hozir tushib qoldi nima qilishni maslahat berasizlar?
100 mln so'm qarz olib tarqatib yuboring va qarzni to'lash uchun motivatsiya uyg'onadi)
Bu gap hazil, albatta.
Jiddiyroq aytsak, motivatsiya 2 turga bo'linadi: ichki va tashqi.
Tashqi motivatsiya — qisqa muddatli. Ichki motivatsiya — uzoq muddatli. Sizda tashqisi bo'lgan va shu sabab bu yo'nalishga kirgan bo'lishingiz mumkin.
Ichkisi qayerdan keladi? Insonning haqiqiy o'ziniki bo'lgan talab va ehtiyojlaridan. Ana shu narsalarga qarab ko'ring.
O'zi bu sohaga nimaga kirgansiz? Qaysi maqsad bilan? Va o'sha maqsad haqiqatdan siznikimi? O'sha maqsadga boradigan yo'llar sizda nechta?