Edit ni preffesional darajada o'rganib shundan pul topmoqchiman
Yoshm 20 da, hozr ustachilik qilaman,
Nechi oyda mantajni oʻrganb qancha vaqt da daromatga chiqaman?
Birinchidan, pul topish uchun professional darajaga chiqish shart emas.
Ikkinchidan, qancha vaqtda o'rganishingiz — kuniga nechi soat sarflashingizga bog'liq. Masalan, Edit kursini kuniga 2-3 soat sraflab o'rganib, 3 oyda tugatish mumkin. Kuniga 5-6 soat sarflab, 1 oyda o'rganib qo'yganlar ham bor. Bir yildan beri oxiriga yetkazmaganlar ham bor.
Uchinchidan, vaqt ajratishiz bilan birga sizdagi yumshoq ko'nikmalar ham o'zlashtirishga ta'sir qiladi. Daromad qilishingizga ham.
To'rtinchidan, ustachilikdan tashqari vaqtda sizda qancha energiya qoladi? Yangi sohani o'rganish uchun. Vaqt bo'lgani bilan diqqat va energiya bo'lmasa, reels scroll qilib vaqtni sovirib yuborish mumkin.