⚙️ Montajyor va mijoz munosabatida cheksiz pravkalar
Aslida, pravka ishning tabiiy qismi. Fidbeklarga ochiq bo'lish kerak. Lekin cheksiz, oxiri ko'rinmaydigan, asossiz pravkalar montajyorning avtoriteti yo'qligini bildiradi.
Avtoritet, albatta, tajriba bilan keladi. Unda tajribasi kamlar pravkalarga ko'milib ishlashi kerakmi?
Yo'q, tajriba kamroq vaqtda ham buni oldini olish mumkin:
1️⃣ Ish boshlashdan oldin TZni batafsil oling. Referens, muddat, kerakli formatlar - hammasi aniq bo'lsin. Mijoz aniq TZ berishni bilmasa, siz referens taklif qilib ko'ring.
2️⃣ Pravkalar sonini oldindan ayting. Masalan, "3 marta bepul tuzatiladi, keyingisi qo'shimcha to'lov bilan". Bu gap sizni ishga jiddiy qaraganingizni ko'rsatadi.
3️⃣ Har bir pravkani yozib boring. Kim, qachon, nima so'ragani chatda tursin. Pichoq borib suyakka qadalsa "buni siz aytmagandingiz" deb, dalil bilan gapirasiz.
4️⃣ "Yo'q" deyishni o'rganing. Har bir talabga darrov rozi bo'lish arzon mutaxassisning ishi. Chegaralarni qo'yish qimmat to'lashga tayyor mijozlar oldida hurmatni oshiradi.
Avtoritet tajribadan tashqari, tartib bilan ham keladi. Tajriba bo'lmasa, tartib bilan avtoritet qozoning.
Montajyor qachon o'z chegarlarini mustahkam qo'ya oladi? Ertaga shu haqida gaplashamiz.
Ungacha,
Sizda eng qiziq pravka qanday bo'lgan? Kommentda yozing 👇
@editmaktab
Post #356
2.16K
- 🔥 2
- 👍 1