TGViewer
DSGN PRO DSGN PRO @dsgn_pro · 25.3K subscribers
Post #9645 1.89K
Wallet endi Walt: Telegram kriptoekotizimini kengaytirmoqda

Telegram’dagi Wallet Walt nomi ostida yangilandi. Rebrending servisning oddiy kriptohamyondan keng imkoniyatlarga ega kripto platformaga aylanganini aks ettiradi.

Bu o‘zgarish Telegram yangi Gram Wallet hamyonini ishga tushirishga tayyorlanayotgan bir paytda e’lon qilindi. Endilikda ikki mahsulot turli vazifalarni bajaradi:

Gram Wallet — kundalik operatsiyalar uchun: Gram xarid qilish, Gifts va Stars’dan foydalanish, mablag‘ yuborish hamda Telegram ichidagi to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi.

Walt esa kriptoaktivlar bilan faolroq ishlaydigan foydalanuvchilar uchun. Platformada 4 ta blokcheynda 300+ aktiv, 200+ kriptoaktiv bilan savdo, shuningdek tokenlashtirilgan aksiyalar, ETF va qimmatbaho metallarga investitsiya qilish imkoniyati mavjud.

Walt’da shuningdek Earn mahsulotlari va 70+ aktiv bo‘yicha perpetual fyucherslar mavjud. Yaqin kelajakda kripto kartalar va AI yordamida savdo qilish funksiyalari ham qo‘shilishi kutilmoqda.

Walt orqali Gram Wallet hisobini to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘ldirish ham mumkin.

Bugungi kunda Walt’dan dunyo bo‘ylab o‘n millionlab foydalanuvchilar foydalanadi. Platforma The Open Platform tomonidan ishlab chiqilgan.
  • ❤ 4
  • 🔥 2
More from @dsgn_pro
  1. Oct 14, 2026😐 Pinterest ≠ Visual Awareness. Are You Just Looking, or Are You Learning to See? I've be…
  2. Sep 29, 2026Post #9644
  3. Sep 28, 2026DSGN PRO pinned «📌 PySphere — AI'ni no'ldan, bepul, o'zbek tilida! Assalomu alaykum! Men…
  4. Sep 28, 2026📌 PySphere — AI'ni no'ldan, bepul, o'zbek tilida! Assalomu alaykum! Men PySphere asoschis…
  5. Sep 21, 2026DSGN PRO pinned a photo
  6. Sep 21, 2026✴️ Gemini Pro — barcha AI imkoniyatlari bitta obunada! 💎 BOMBA NARXDA : • 18 oylik obuna…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →