TGViewer
DSBA DSBA @dsba_official · 12.7K subscribers
Post #16512 1.4K
Qoraqalpog‘iston tajribasi asosida qolgan 13 ta hudud uchun ham loyihalar menejeri lavozimlari joriy etilishi belgilandi.

Andijondagi loyihalar menejeri viloyatning yangi investitsiya modelini yaratishga mas’ul bo‘ladi.

Bu jarayonda har bir tumanning sanoat, xizmatlar va qishloq xo‘jaligi imkoniyatlari sun’iy intellekt yordamida baholanadi. Yuqori qo‘shilgan qiymat yaratish imkoni bo‘lgan sohalar aniqlanib, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish rejasi ishlab chiqiladi.

Aylanmasi 100 milliard so‘mdan yuqori 104 ta korxona faoliyatini kengaytirish orqali qo‘shimcha 20-30 ming ish o‘rni yaratish bo‘yicha loyihalar tayyorlanadi. Aylanmasi 1 trillion so‘mdan oshgan 4 ta korxonada texnologik modernizatsiya hisobiga qo‘shilgan qiymatni 40-50 foizga ko‘paytirish choralari ko‘riladi.

Kelgusi yil Andijonda kamida 10 foiz iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, 5 milliard dollar investitsiya jalb qilish va eksportni 1,5 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

Website | Telegram | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube
More from @dsba_official
  1. Sep 24, 2026#OAV_biz_haqimizda| O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA) Akademiyaning ilmiy-tadqiq…
  2. Sep 24, 2026DAVLAT BOSHQARUVI: ILMIY TADQIQOTLAR UCHUN YANGI IMKONIYATLAR 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikas…
  3. Sep 24, 2026Davlatimiz rahbari mahallalar obodligi har bir insonning mehnati va daxldorligi bilan yara…
  4. Sep 24, 2026Andijonni Farg‘ona vodiysining muhandislik kadrlari markaziga aylantirish vazifasi qo‘yild…
  5. Sep 24, 2026Ko‘p ish o‘rni yaratayotgan sanoat korxonalari uchun yangi rag‘batlantirish choralari belg…
  6. Sep 24, 2026Asakada avtomobilsozlik va mashinasozlik bo‘yicha shakllangan 30 yillik tajriba asosida o‘…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →