Bu jumlani eshitib, yaramga tuz sepilgandek bo`ldi.
Birnecha yil avval aynan shu ism bilan bog`liq
@UstozShogird kanalida tortishuvlar bo`lgan edi.
Shunga Asror oz`ini ofisiga chaqirgan edi, bora olmagan edim.
Bir tomondan imkoniyat yaratish uchun turli kanallar qilamiz, odamlarni og`irini yengil qilishga harakat qilamiz.
Boshqa tomondan buni suiste'mol qilib, odamlarni soddaligidan foydalanishadi.
Yana bir voqeani aytib bermoqchi edim. Bu
@UstozShogird kanaliga online dars beradiganlarni e'loni bor vaqtlar sodir bo`lgandi.
Bir bola (viloyati va ismini etmiman) online dars o`taman deb, odamlarda 100k so`mdan pul yig`ib yurgan. Keyin IIB ga ham tushib chiqqan. Odamlar pulini ham qaytarmadi, dars ham o`tmadi.
Ko`pchilik manga chiqib, biror narsa qilishimni so`ragandi. Telefonlashib u bola bilan gaplashib, 1 hafta vaqt ichida hech nima qila olmagandik.
⚠️ Iltimos, sodda bo`lmaylik.
Yevropada taraqqiyot ishonch ustiga qurilgan. Mayda narsalar bilan aldashmaydi. Aldasa kattaroq pul bilan aldashi mumkin. Lekin oddiy odamlar bir biriga ishonadi. Hujjatingizni telefonda rasmini ko`rsatsangiz bo`ldi. Hech kim uni photoshop ekanini gumon ham qilmaydi.
Hammaga o`zi insof bersin.
Bizga ham ishonch ustiga qurilgan rivojlanish qaytib kelsin.
https://t.me/DrAlgorithm/417