Threads'da post qilyapman, 10 ta ham view bo'lmayapti, TikTok'da video chiqaryabman, 100 ta ham view yig'mayapti deyishadi.
Ko'pchilikdan "post qilishni nimadan boshladingiz?" deb so'rasam, javob: profil ochdim va "srazu" post qilishni boshladim.
Man odatda bunday qilmayman.
Yangi profil ochsam, avval uni 3–7 kun davomida o'zim ishlamoqchi bo'lgan niche ichida "warm-up" qilaman.
Xa, warm-up qilish bazilarga siyqasi chiqib ketgan ma'lumot bo'lib tuyilishi mumkin, lekin ko'pchilik bilmas ekan.
Xullas hohlagan platformada post qilishdan oldin uni oddiy userdakka ishlating va shu vaqt ichida:
1. o'zingizni niche'ingizdagi mavzuda kontentlarni ko'ring
2. like bosing
3. izoh qoldiring
4. shu niche'dagi akkauntlarga obuna bo'ling
Keyin asta-sekin post joylashni boshlang.
Bu har doim viral bo'lishni kafolatlamaydi, lekin yangi akkauntni bo'sh holda boshlashdan ko'ra yaxshiroq natija berishi mumkin.
Bularni app development paytida yoki kerak bo’lsa development’dan oldin boshlang.
Shu kabi kontent yaratish bo'yicha yana pro-tip'lar kerak bo'lsa, postaxis.io/guide da o'qishingiz mumkin.
Post #332
907
- 🔥 12