Kampaniyada o‘zim kod yozishni deyarli to‘xtatganimga ham 2 hafta bo‘lyapti.
So‘nggi ikki haftadan beri kodning 90–95% qismini Claude yozmoqda, men esa uni boshqaraman. To‘g‘ri berilgan bitta prompt va aniq yo‘nalish bilan bir necha soatlik tasklarni juda tez bajaraman.
Ikki oy oldin ham kodning katta qismini o‘zim yozardim. Hozir esa AI shu darajada kuchaydiki, kompaniyada kim sekin ishlayotgan bo‘lsa, deyarli AI’dan foydalanmayotgani bilinib qoladi.
Biz juda katta o‘zgarish davrida turibmiz. Endi dasturlash - shunchaki kod yozish emas. Endi bu boshqa skillarni talab qiladi: to‘g‘ri savol bera olish, arxitektura o‘ylay olish, tizimli fikrlash, tekshirish va optimallashtirish.
Kecha Dubaydagi akam bilan dars jarayonida shu mavzuni muhokama qildik. Hozir bir mavzu ustida soatlab bosh qotirib o‘tirish qanchalik to‘g‘ri? Chunki tajribamdan kelib chiqib aytsam, dasturlash endi faqat kod yozish emas. Shu sababli dars o‘tish uslubini ham tubdan o‘zgartirish kerak ligini aytdim. Men o’ylashimcha, endi oldingidek bir mavzuni uzoq vaqt “qo‘lda” o‘rganish emas, balki boshqacha yondashuv bilan o‘rganish va ishlash davri boshlandi.
Lekin bu o‘zgarish aniq qanday bo‘lishi kerakligi hali ham meni o‘ylantiryapti.
Siz nima deb o‘ylaysiz? Fikringizni kommentda qoldiring
Post #986
147
Forwarded from Abduvoitov Asadbek