TGViewer
Diyorbek.dev | 👨🏻‍💻 Diyorbek.dev | 👨🏻‍💻 @diyorbekk_dev · 381 subscribers
Post #957 219
#repost

✅ Faoliyatingiz davomida faqat kasbiy tomoningiz yaxshi bo'lgani uchun siz bilan do'stmi-o'rtoqmi bo'ladiganlar ko'payadi.

Bunday odamlar sizlar bilan imkoni boricha aloqani ushlab turmoqchi bo'ladi. O'z hisobidan ovqatlantirishi mumkin, o'z hisobidan sayohatga olib chiqishi mumkin va shu kabi ko'p ishlar qo'lidan keladi.

Burilish nuqtasi qachon bo'lishi mumkin, qachonki siz kasbiy tomondan biroz pauza yoki biron-bir muammolarga duch kelsangiz, bosqichli tarzda sizning hayotingizdan chiqib ketishni boshlaydi. Oyda 2 martta ko'rishib gaplashsangiz, keyin ikki oyda bir marotaba ko'rishadigan bo'lasiz va shu kabi bosqichma-bosqich davom etaveradi.

Biron-bir ishxonaga kirib hamkasblar orttirasiz, ba'zilari yaxshi jamoadosh, ba'zilari biznes qiziqishlari uchun sizni "portfel"ga solib, keyinchalik biron-bir ishni arzon bitirishi uchun vosita hisoblaydi. Sizdan hozir nima talab etiladi, ish joyiga kirganda hech kimga katta va'da bermang, imkoni boricha sovuq kallada fikrlashga harakat qiling. Yana ish jarayonida o'zingiz farqlashni boshlaysiz.

"Akula" hamkasblarga, yolg'on va niyati boshqa bo'lgan gaplarni aytib sodda odamlarni vaqtini olmanglar, instrument sifatida ko'rmanglar, ular haqiqatni bilib qolsa "sinib" qoladi. Insofli bo'linglar)

@Diyorbekk_dev
More from @diyorbekk_dev
  1. Sep 15, 2026ChatGPT and Codex now support TSRX syntax Highlighting! #tsrx #OctaneJS
  2. Sep 14, 2026Tanner Linsleydan yangilik. Hozirgacha Tanstack Team Octane uchun katta yordam berib kelmo…
  3. Sep 10, 2026Octane Js Hozirda Instagramda bitta content topoldim. Nasib tez kunda òzim yangiliklar qòy…
  4. Sep 9, 2026Ajoyib yangiliklardan biri. Tez orada Open AI butunlay òtadi nasib OctaneJs’ga. Tarqatmay…
  5. Sep 5, 2026Yangi joyni ham tizimlashtirdik. Bir qancha yangi imkoniyatlar qo‘shildi va yangi funksiya…
  6. Sep 5, 2026photo post
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →