Yangi òquv yili muborak!
Yana bir sinfga ulģayib, maktab qanday òzgardi ekan? Sinfimizga yangi òquvchi kelganmikan? Jamshid aka matematika òqituvchisi ishdan ketmoqchi edi ketdimikan? Òrnilariga qanday ustoz kelgan ekan? Sinfdoshim Nodira bilan bòyimiz teng edi. Meni bòyim baland bòldimikan, yoki uniki? deya òylanib yurgan ukalarim, singillarim!
Yangi o'quv yili muborak!
Òzida yòq sevinib, ne-ne mashaqqatlar bilan (yoki mashaqqatlarsiz 😁) talaba bòlgan! Universitet, institutlarni boshqacha tasavur qilib yurgan 1-kurs akalar, opalar, singillar va ukalar.
Yangi o'quv yili muborak!
1-kurslikda qiynalib, yakuniy imtihon qanday bòlar ekan deb ikki semester ni boshidan otkazgan, domlalarini tilini, dilini tushunib olgan 2-kurslar. Endi hammasi oson bòladi! Sizlarga ham..
Yangi o'quv yili muborak!
Talabalik yòlini yarmini bosib òtgan, qòrquv nimaligini bilmay gerdayib yuradigan. Kerakli joyda 1- kurslarga motivatsiya beradigan 3-kurslar!
Yangi o'quv yili muborak!
Bitirganimdan keyin qayerda ishlayman? Qattiq òqimasam bòlmas ekan deb, yangi oquv yilidan ingliz tili, rustili fanlaridan òquv kurslariga borishni reja qilib qoygan bolajak 4-kurslar!
Yangi o'quv yili muborak Jigarim 😉
© Diyorbek Juraev
@Diyorbek_Juraev_Blog
Post #909
74
Forwarded from Diyorbek's blog (Diyorbek Juraev)