TGViewer
Diyorbek.dev | 👨🏻‍💻 Diyorbek.dev | 👨🏻‍💻 @diyorbekk_dev · 381 subscribers
Post #762 123

Forwarded from Aziz Rahimov

Sehrli tabletka

Insonning fikrlash darajasi qancha primitiv bo'lsa u harakatlarining natijalarini shuncha tez xohlaydi. Bitta narsa qilsada darrov natija bo'lsa. Tezda boyib ketish, vazn yig'ish va tashlash, hayp orqali ko'tarilib olish , 2 oyda ingliz tili(yoki dasturlash)ni o'rganib olish shular jumlasidan.

Dunyoqarashi keng va tajribali odamlar esa yuqori natijalar tez kelmasligini bilishadi. Katta natijalar bir martalik ish emas, balki har kunlik kichik qadamlar seriyasi ekanligini ular tushunib yetishgan.

Hech qayerda, hech kimni har kunlik zerikarli takrorlanuvchi jarayonlar qiziqtirmaydi. Chunki ular juda oddiy: Doimo o'qib o'rganish, va'dalarni bajarish, halol bo'lish, o'z ustida ishlash. Zerikarliku juda a? Ko'pchilikka bu ssenariy yoqmaydi, qani endi bir sirni yoki hech kim bilmagan ma'lumotni bilib olsa-da, birdaniga ko'tarilib ketsa. Yoki muvaffaqiyatli bir odamga shogird tushib, baxtini topsa.

Sen unday bo'lma. Har kunlik vazifalaringni bajarib boraver. Natija o'zi kelaveradi.

O'qigan kitoblaringni foydasi ertasiga emas, yillar o'tib tegishi mumkin, lekin buning uchun har kuni o'qish kerak.

Ingliz tilini 6 oyda o'rganishni emas, har kuni 1 soat shug'ullanishni maqsad qilib qo'y

Blogingni 12 yarimta odam o'qisa ham yozaver, sen fikrlashing o'sishi uchun yozasan, mashhur bo'lish uchun emas.

Jismoniy mashg'ulotlar va ovqatlariningga e'tibor ber, 40 yoshli o'zing rahmat deydi.

Har kuni kimgadur yaxshilik qil. Zero yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir

Va nihoyat, har kuni o'rganganlaringdan bir donasini olib hayotga tadbiq qil, 1 yilda boshqa odam bo'lasan. Sinovdan o'tgan.

P.S.

Alloh ham insonlarda bitta katta amalni emas, har kunlik kichik amallarni yaxshi ko'radi. Shuning uchun bu dunyoda Hoji aka larning obro'si baland bo'lsa ham, oxiratda so'rov namozdan boshlanadi.
  • 👍 3
More from @diyorbekk_dev
  1. Sep 15, 2026ChatGPT and Codex now support TSRX syntax Highlighting! #tsrx #OctaneJS
  2. Sep 14, 2026Tanner Linsleydan yangilik. Hozirgacha Tanstack Team Octane uchun katta yordam berib kelmo…
  3. Sep 10, 2026Octane Js Hozirda Instagramda bitta content topoldim. Nasib tez kunda òzim yangiliklar qòy…
  4. Sep 9, 2026Ajoyib yangiliklardan biri. Tez orada Open AI butunlay òtadi nasib OctaneJs’ga. Tarqatmay…
  5. Sep 5, 2026Yangi joyni ham tizimlashtirdik. Bir qancha yangi imkoniyatlar qo‘shildi va yangi funksiya…
  6. Sep 5, 2026photo post
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →