TGViewer
Diyorbek.dev | 👨🏻‍💻 Diyorbek.dev | 👨🏻‍💻 @diyorbekk_dev · 381 subscribers
Post #712 95

Forwarded from Diyorbek's blog (Diyorbek Juraev)

2023 - yil sarhisobi! || Welcome to 2024

O‘tgangi 2023-yil men uchun ajoyib va muhim yillarda biri bo‘ldi!

2022-yil qilgan niyatlarim maqsadlarimga erisha oldim! Alhamdulilloh!

Bu o‘tkazgan bir yil davomida tushunib yetdimki birinchi qadam yaxshi niyat bilan boshlanishi eng muhimi ekan!

Tasavvur qiling tugmali ko‘ylagingizni kiyyapsiz! Tugmalarini qadab bo‘ldingiz bir qarasangiz oxirgi tugma to‘g‘ri kelmay qoldi, sababi boshidagi tugma to‘g‘ri qadalmagani uchun! Bu birinchi tugma esa xuddi niyatga o‘xshaydi.

2023 - yil dasturlash olamiga kirib keldim! Najot Ta’lim IT o‘quv markazida Front-end yo‘nalishi bo‘yicha yuqori tajribali ustozlarni qo‘lida tahsil oldim!

Haqiqiy oltin davr deb bemalol aytolgan bo‘lardim! Bundan tashqari ajoyib tanishlar uchratdim!

Shunchaki ajoyib voqelar boshimdan o‘tdi. Bularni so‘z bilan tariflash qiyin!

Toshkentga shunday tarif berishardi - beshafqat ustoz deya! Demoqchi bo‘lganim, turli xil sinovlar meni yanada tarbiyaladi! Eng muhimi komfort zonamdan chiqib niyat qilgan niyatimga yetoldim, Allohga shukur!

O‘quv markazni bitirib bo‘lishim bilan yo‘nalishim bo‘yicha birinchi ishimni boshladim!

Qanchalik oldinga intilganingiz sari shunchalik sinovlar kuchlilashib boraverar ekan! Chidamli bo‘lishga harakat qiling! Sinovlarda toblangan istalgan narsa oxirida juda chiroyli bo‘ladi!

Tasavvur o‘rnida onangiz yopgan qip qizil nonni eslang! Bunday chiroyli holatga kelgunicha necha bosqichlardan o‘tadi? Bu esa xuddi hayotimizga o‘xshaydi!

Yangi yilda yangi niyatlari bilan olg‘a qadam qo‘yishni boshlaymiz! Barchaga 2024-yil eng esda qolarli va ajoyib yil bo‘lib qolsin!

@Diyorbek_Juraev_Blog
  • 👍 3
More from @diyorbekk_dev
  1. Sep 15, 2026ChatGPT and Codex now support TSRX syntax Highlighting! #tsrx #OctaneJS
  2. Sep 14, 2026Tanner Linsleydan yangilik. Hozirgacha Tanstack Team Octane uchun katta yordam berib kelmo…
  3. Sep 10, 2026Octane Js Hozirda Instagramda bitta content topoldim. Nasib tez kunda òzim yangiliklar qòy…
  4. Sep 9, 2026Ajoyib yangiliklardan biri. Tez orada Open AI butunlay òtadi nasib OctaneJs’ga. Tarqatmay…
  5. Sep 5, 2026Yangi joyni ham tizimlashtirdik. Bir qancha yangi imkoniyatlar qo‘shildi va yangi funksiya…
  6. Sep 5, 2026photo post
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →