TGViewer
Diyorbek.dev | 👨🏻‍💻 Diyorbek.dev | 👨🏻‍💻 @diyorbekk_dev · 380 subscribers
Post #708 119

Forwarded from Dev thinking loud

#raddiya

Bir odam o’zining kanalida o’zbek dasturchilar haqida fikr bildiribdi. Uning fikrlariga ko’ra:

- O’zbek dasturchilar katta ishlar qilolmas ekan
- 7/24 ishi bilan mashg’ul bo’lmagan odam muvaffaqiyatsiz ekan

Birinchi fikrga: o’zbek segmentidek dasturlashda tez rivojlangan mamlakat ko’rganmikin post egasi? Taxminan 10 yil oldin dasturchi deyilsa kam uchraydigan juda noyob odam tushunilar edi, hozir esa sohada raqobat shunchalik kuchliki ish topish juda qiyin. Undan keyin qanchadan qancha muvaffaqiyatli proyektlar ham xususiy sektorda ham davlat sektorida foydalanuvchilar hizmatida, shularning hammasini ozbek dasturchilari yozgan. Qanchadan qancha o’zbek dasturchilari esa xalqaro kompaniylarda offline yoki online formatda ishlab kelishmoqda va ishlarida juda muvaffaqiyatli, shaxsan ozim ko’pini taniyman. Xop, o’zbek dasturchilari katta ishlar qilolmas ekan, muallif o'zining proyektlarini kimlarga ishonib topshirar ekan, hindlarga mi inglizlarga mi?

Ikkinchi fikrga kelsak, 7/24 bir narsaning ustida ishlash yoki o’ylash odamning psihologik jihatdan nosog’lom ekanini bildiradi (Istalgan psihologning qabuliga yozilib ko’rikdan o’tib korishi mumkin, huddi shu fikrni aytishiga judayam ishonchim komil). Dasturchilik kasbi bu “bazilar” o’ylagandek “yer chopish”ga o’xshamaydi, u ijodiy faoliyat bilan bog’liq bo’lgan kasb hisoblanadi, yani, odamning FIK(foydali ish koeffisient)i uning ish soatlariga emas balki ruhiy holatiga bogliq bo’ladi va nosog’lom muhitda bu koeffisient katta shkalada o’ynab turadi. Shu sababdan ham chet el kompaniyalari dasturchining FIKini yillik korsatkichlarda analiz qilishadi. Qolaversa, o’zi yaxshi tushunmagan sohadagi mutaxassislarning katta qismini muvaffaqiyatsiz deyish jur’atini qayerdan olganiga hayronman. Bu mening fikrimcha eng kamida farosatsizlik.

Muallifning bildirgan haqorotomuz fiklari uchun bu soha vakillaridan uzr sorayman (Bunga muallifning farosati yaqin orada yetib qoladi deb o’ylamayman). O’zingizga olmang. Matematik xalqimiz aytganidek “X hurar, Y o’tar, Z esa ishiga davom etar”.

Maslahatim:
- Doim o’zbek dasturchiligingizdan faxrlaning
- Doim oilangizni va shaxsiy hayotingizni har narsadan ustun qoyib masrur hayot kechiring. Bu dunyo va uning ziynatlari o’tkinchi.

@dev_thinking_loud
  • 👍 3
  • ❤‍🔥 1
More from @diyorbekk_dev
  1. Sep 15, 2026ChatGPT and Codex now support TSRX syntax Highlighting! #tsrx #OctaneJS
  2. Sep 14, 2026Tanner Linsleydan yangilik. Hozirgacha Tanstack Team Octane uchun katta yordam berib kelmo…
  3. Sep 10, 2026Octane Js Hozirda Instagramda bitta content topoldim. Nasib tez kunda òzim yangiliklar qòy…
  4. Sep 9, 2026Ajoyib yangiliklardan biri. Tez orada Open AI butunlay òtadi nasib OctaneJs’ga. Tarqatmay…
  5. Sep 5, 2026Yangi joyni ham tizimlashtirdik. Bir qancha yangi imkoniyatlar qo‘shildi va yangi funksiya…
  6. Sep 5, 2026photo post
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →