TGViewer
Diyorbek.dev | 👨🏻‍💻 Diyorbek.dev | 👨🏻‍💻 @diyorbekk_dev · 381 subscribers
Post #1085 457
Sotish.

Eng kerakli skillardan biri bu sota olish deb o‘ylayman. Faqatgina mahsulotni emas, o‘zingizni, g‘oyangizni, fikringizni, boshqaning muammosiga bergan yechimingizni va hokazo…

Bugun bir yangi klient bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri gaplashishimga to‘g‘ri keldi. 2 ta sherigim bilan Restorator nomli, restoranlar uchun management CRM app yozgandik. Shu bo‘yicha o‘zimiz tarafdagi bir restoranga chaqirishib qoldi.

Borsam, 2 ta boshqa dasturchilar o‘z loyihalarini ko‘rsatayotgan ekan. Men uchinchisi bo‘ldim.

Keling mavzuni boshqa fikrga bog‘layman endi.

Bir qancha vaqt oldin interviewda menga biriktirilgan sherigimning codeni review qilish bosqichi bor edi, ya’ni xatolarini topib, tushuntirish kerak edi. Shunda feedbackda: “Sen o‘zingni juda ham defensive tutding”, degandi.

Yozib qo‘ygandim shuni o‘zim uchun xulosa qilib.

Endi oldingi mavzuga qaytamiz.

Boshqa loyihalarni kuzatdim, ularni to‘liq eshitishga harakat qildim, muammoga bergan yechimlarini ko‘rib, tahlil qilib, o‘z yechimlarimni ham berdim. Bu yerda defensive bo‘lishdan, faqat “meniki” deyishdan qochdim.

Oxirida o‘zimdagi loyihani to‘liq demo qildim. Ancha yoqdi biznes egasiga ham sheriklarga ham. Òrnatib ham keldim 😁 ertadan keyin tòliq ishlatishga òtishadi.

Qolganlar bilan hafa-garchilik ham bo‘lmadi, aka-uka bo‘lib oldik bir pasda.

Raqobat qilish degani har qanday holatda “o‘zimnikini o‘tkazaman” deyish emas ekan.

Raqobatdoshlaringizning ishlarini ham maqtang, yordam bering, keyin o‘zingizning taklifingizni bering. Ishonib aytolamanki, sizni hamma pozitiv holatda eshitadi.
  • 🔥 7
  • ❤ 2
More from @diyorbekk_dev
  1. Sep 15, 2026ChatGPT and Codex now support TSRX syntax Highlighting! #tsrx #OctaneJS
  2. Sep 14, 2026Tanner Linsleydan yangilik. Hozirgacha Tanstack Team Octane uchun katta yordam berib kelmo…
  3. Sep 10, 2026Octane Js Hozirda Instagramda bitta content topoldim. Nasib tez kunda òzim yangiliklar qòy…
  4. Sep 9, 2026Ajoyib yangiliklardan biri. Tez orada Open AI butunlay òtadi nasib OctaneJs’ga. Tarqatmay…
  5. Sep 5, 2026Yangi joyni ham tizimlashtirdik. Bir qancha yangi imkoniyatlar qo‘shildi va yangi funksiya…
  6. Sep 5, 2026photo post
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →