ASD-STE100
Internetda juda qiziq bir narsaga duch kelib qoldim.
QQ: hozirgi AI workflow’ingizda AI uchun yozilgan documentation qanchalik AI tushunishi oson deb o’ylaysiz?
1970-yillarning oxirida Yevropa aviakompaniyalari so’roviga binoan ASD-STE100 (Simplified Technical English) standarti ishlab chiqilgan.
O’sha paytda mutaxassislarning qariyb 80% uchun ingliz tili ikkinchi yoki uchinchi til edi. Bilamizki Ingliz tilida so’zlar bir nechta ma’noni anglatishi mumkin.
Endi tasavvur qiling, parvoz davomida bitta instruksiya noto’g’ri tushunilsa, bu halokatga olib kelishi aniq.
Shu sababli STE standarti yaratilgan.
Bu standartda, har bir so’z imkon qadar faqat bitta ma’noda ishlatiladi, sodda zamonlardan foydalaniladi,
har bir instruction bitta gapda ifodalanadi
va yana bir nechta qat’iy qoidalar mavjud.
Bularning barchasi texnik hujjatlarni hamma bir xil tushunishi uchun ishlab chiqilgan.
Endi tasavvur qiling, shu yondashuvni AI’ga qo’llasak-chi? 😅
Shu mavzu qiziq bo’lgani uchun internetda bir hafta davomida research qilib, barcha ma’lumotlarni bitta GitHub repository’ga jamladim. Skill’ni sinab ko’ring.
Mening kuzatishimcha, AI hallucinatsiyasi sezilarli darajada kamayadi.
GitHub havolasini pastda qoldiraman. Agar foydali deb hisoblasangiz, follow qilib qo’yilara. ;)
Repo: https://github.com/mrdiyorbek-juraev/ASD-STE100/tree/main
Post #1070
559