3 kunlik PR.
Octane projectida bir kunda bir nechta PR chiqarar edim, ya’ni hammasi production-based holatda. O‘tgan hafta bitta PR uchun 3 kunlab vaqtim ketti. Nega?
Project kattalashgan sari javobgarlik ham teng ravishda yanada muhimroq bo‘lib borar ekan.
Testlar soni 11 500+ dan oshdi. Bitta PR green status olish uchun strict qadamlar oldingiga qaraganda ancha ko‘paydi.
Keyingi sabab — men ishlaydigan task esa 2 ta binding port package qo‘shishlik bo‘ldi.
Bittasi katta hajmli shadcn tool’ni Base UI, React Aria, Radix bo‘yicha Octane’ga binding qilishlik bo‘ldi.
Issue’larni ko‘ra boshladim. Va hatto Octane runtime’gacha tushishimga to‘g‘ri keldi.
Runtime’da topilgan issue’ni Michal bilan debug qilib, fix ham qildik.
Va kechagina katta binding package’larim Octane production’da release qilindi. Team memberlar tomonidan aytildiki, endi ownership’lik boshlandi - hamma o‘zi yaratgan binding qismlariga to‘liqligicha javob beradi.
Katta loyihalarda ownership qilishni endi his qildim, o‘zi aslida qanday bo‘lishini.
Endi kompaniyadagi qadringizni mehnat emas, javobgarlik belgilaydi!
Kuzatamiz…
Post #1032
178