TGViewer
DiploFrame DiploFrame @diploframe2025 · 2.05K subscribers
Post #896 902
🎓 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni

Ustoz — bilim beruvchi insondan ko‘ra, kelajak sari yo‘l ko‘rsatuvchi, insonning dunyoqarashi va hayot yo‘nalishini shakllantiruvchi buyuk siymodir.

Hurmatli ustoz va murabbiylar! Sizning sabringiz, fidoyiligingiz va bizga bergan bilimingiz kelajakdagi yutuqlarimizning mustahkam poydevoridir. Ayniqsa, kelajak diplomatlari sifatida bizga nafaqat bilim, balki mas’uliyat, muloqot madaniyati va insoniy qadriyatlarni o‘rgatayotganingiz uchun minnatdormiz.


Sizlarni 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! 🌷

Har bir bergan sabog‘ingiz, har bir bildirgan ishonchingiz va har bir ezgu nasihatingiz kelajakda o‘z samarasini bersin.

Bayramingiz muborak, aziz ustozlar! 🤍

DiploFrame jamoasi.
  • ❤ 8
  • 🔥 2
  • 🎉 2
  • 👍 1
  • 🤩 1
  • 🕊 1
  • 😍 1
  • 🫡 1
  • 🆒 1
More from @diploframe2025
  1. Oct 3, 2026🎙 DiploFrame Asotsiatsiyasi kengaymoqda: «Grand Debate Club» rasman ish boshladi! «Framin…
  2. Sep 29, 2026Post #894
  3. Sep 28, 2026🌳Lashkerekka sayohat 📍Kecha universitetimiz talabalari Angren yaqinida joylashgan Lashke…
  4. Sep 28, 2026🚨 ONLY 20 TICKETS LEFT — 250,000 UZS! ✨ Your autumn deserves more than an ordinary evenin…
  5. Sep 27, 2026Post #890
  6. Sep 25, 2026📢 ISHGA TAKLIF! 🏛 Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi jamoasiga…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →