🔥 Najot Ta’lim markazi IT Park Uzbekistan va Jahon Banki bilan hamkorlikda 8 oylik sun’iy intellekt (ML) kursi granti uchun test imtihonlari o‘tkazmoqda.
Eslatma: Grantning 50 foizi ayol-qizlar uchun, 4 foizi esa imkoniyati cheklanganlar uchun ajratiladi.
📍 Ushbu dasturda 300 ta grant hududlararo taqsimlanib, Toshkent filialida 120 nafar, Xorazm, Surxondaryo va Qashqadaryo filiallarida 60 nafardan o'quvchilarga mutlaqo bepulga beriladi.
Biroq Toshkent filialida joylar soni to'lganligi sabab, viloyatlarda grant imtihoni davom etadi
Shu munosabat bilan navbatdagi imtihon:
— Xorazm, Najot Ta’lim, Urganch filiali
— Qashqadaryo, Yoshlar markazi, Robbit filiali
— Surxondaryo, Termiz, Robbit filialida bo'lib o'tadi.
Imtihon sanasi 26-aprel yakshanba kuni soat 10:00 va 15:00'da deb belgilandi (Qashqadaryo filialida 26-aprel kuni 13:00 va 15:00) 📌
✍️ Batafsil nizom bilan tanishing
@jobmakon - imkoniyatlar markazi
