“Raqamli avlod” markaziga Respublika “Kelajak markazi” direktori Indira Abdukarimovna Xoldarova tashrif buyurdi.
Tashrif davomida yoshlarni bugungi mehnat bozori talablariga mos zamonaviy va yuqori daromadli kasblarga tayyorlash, ularning IT sohasidagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, raqamli savodxonligini oshirish hamda kelajakda munosib ish o‘rinlariga ega bo‘lishlari uchun zarur imkoniyatlarni yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, startap loyihalarini rivojlantirish va ularni zamonaviy texnologiyalar sohasida o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etishga yo‘naltirish bo‘yicha fikr almashildi.
“Raqamli avlod” — kelajak uchun bilim, ko‘nikma va imkoniyatlar makoni. 🚀
#RaqamliAvlod #Kelajakmarkazi #DGUz
__
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook


