Unutilmas lahzalar, yangi bilimlar va imkoniyatlarga boy kunlar o‘z yakuniga yetdi.
📌 Ma’lumot o‘rnida: 5 kun davom etgan IT oromgohda respublikamizning turli hududlaridan eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari, Ijod maktablari, Prezident maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablar hamda umumta’lim maktablarining 150 nafar o‘quvchisi ishtirok etdi.
Shuningdek, oromgohning onlayn mashg‘ulotlarida 4 100 nafardan ziyod o‘quvchi qatnashdi.
Oromgoh davomida 10 ga yaqin zamonaviy IT yo‘nalishlari bo‘yicha onlayn va offlayn shaklda mashg‘ulotlar olib borildi. 💻🚀
🎓 Yakuniy yopilish marosimida hafta davomida faol ishtirok etgan o‘quvchilar munosib taqdirlanib, ularga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi hamda 5 kun davomida erishilgan natijalar sarhisob qilindi.
Bu 5 kun — shunchaki oromgoh emas, katta tajribalar, yangi bilimlar va kelajak sari tashlangan muhim qadam bo‘ldi. ✨
“Raqamli avlod” respublika inklyuziv IT oromgohi yakunlandi, ammo yangi g‘oyalar va katta maqsadlar sari yo‘l davom etadi! 🚀
#IHMA #PIMA #OliyMajlis #Fond #raqamliavlod #Digitalgeneration #Zamineducation #Oromgoh
__
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook






