Oromgohdagi navbatdagi kun ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari bilan boshlandi. Shundan so‘ng ishtirokchilar zamonaviy IT yo‘nalishlari bo‘yicha qiziqarli va mazmunli darslarda ishtirok etdilar.
🔰Kun davomida o‘quvchilar amaliy topshiriqlar ustida ishlab, o‘z g‘oyalarini real loyihalarga aylantirishga harakat qilishmoqda. Jamoaviy mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar yangi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab bormoqda.
Kechga kelib esa o‘quvchilar o‘zlari tayyorlagan loyiha va taqdimotlarini namoyish etdilar.
🏆 Bu gal ham faol ishtirokchilarimiz taqdirlandi
🚀 “Raqamli Avlod” IT oromgohida har bir kun yangi bilim, yangi tajriba va unutilmas taassurotlarga boy o‘tmoqda!
__
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook






