🇨🇳Xitoydan salom!
🎓Bugungi manzil — Harbin Institute of Technology (HIT) 🏫
“Raqamli avlod qizlari—2026” Respublika tanlovi g‘oliblarining Xitoydagi ta’lim sayohati davom etmoqda.
🔖Bugun ishtirokchilar Xitoyning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Harbin Institute of Technology (HIT) universitetida.
Tashrif davomida universitetning zamonaviy laboratoriyalari, ilmiy markazlari va ta’lim jarayonlari bilan yaqindan tanishildi. 🧪 Shuningdek, sun’iy intellekt, muhandislik va innovatsion texnologiyalar yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ma’lumot berildi. 🤖
Mazkur tashrif xalqaro tajriba bilan tanishish, yangi bilimlarni o‘zlashtirish va zamonaviy texnologiyalar olamini yaqindan ko‘rish imkoniyatini yaratdi.
🌏Xitoydagi ta’lim sayohati davom etmoqda. 🚌
—
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook



