TGViewer
Digital Generation Uzbekistan Digital Generation Uzbekistan @digitalgeneration_uz · 7.07K subscribers
Post #3658 3.15K
#Ta’lim_sayohati

✈️“Raqamli avlod qizlari—2026” Respublika tanlovi g‘oliblari ta’lim sayohati doirasida Xitoy Xalq Respublikasiga jo‘nab ketishdi.

✅Sayohat davomida ishtirokchilar Xitoyning yetakchi ta’lim va innovatsiya markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishadilar. Jumladan, dunyoning nufuzli texnika universitetlaridan biri hisoblangan Harbin Institute of Technology (HIT) universitetiga tashrif buyurib, uning ilmiy laboratoriyalari, zamonaviy tadqiqot markazlari hamda ta’lim jarayoni bilan tanishishlari rejalashtirilgan.

🖥Shuningdek, sun’iy intellekt, robototexnika, dasturlash va raqamli texnologiyalar yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar bilan uchrashuvlar, mahorat darslari va tajriba almashish tadbirlari tashkil etiladi.


🌏Mazkur ta’lim sayohati ishtirokchilarning xalqaro tajribasini boyitish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi hamda IT va innovatsiyalar sohasidagi salohiyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

⭐️Iqtidorli qizlarimizga mazmunli ta’lim sayohati, yangi bilimlar va unutilmas taassurotlar tilaymiz!

—
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
  • ❤ 22
  • 🔥 6
  • 😍 3
  • 👏 1
More from @digitalgeneration_uz
  1. Oct 9, 2026Raqamli Avlod markaziga rasmiy tashrif 🏢 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi…
  2. Oct 6, 2026#Natija 🏆 41-maktab o‘quvchisi Muhammadjonova Saminabonu Musinjon qizi Raqamli avlod mark…
  3. Oct 1, 20261-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni muborak! 🎓 Sun’iy intellekt matn tayyorlashi, dastur…
  4. Sep 28, 2026🏆 “RAQAMLI AVLOD GRANTI” SOVRINDORLARI “Ijtimoiy himoya milliy agentligining Samarqand vi…
  5. Sep 24, 2026💻 INKLYUZIV RIVOJLANISH MARKAZIDA NAVBATDAGI KURS MAVSUMI YAKUNLANDI! Videolavha 🎬 “Ijti…
  6. Sep 21, 2026🎓 INKLYUZIV RIVOJLANISH MARKAZIDA NAVBATDAGI KURS MAVSUMI YAKUNLANDI! 💻 Kurs davomida o‘…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →