🇺🇿Bugun buyuk sarkarda, mohir davlat arbobi va adolat timsoli Amir Temur tavallud topgan kunni yod etamiz.
1336-yil 9-aprel kuni dunyoga kelgan sohibqiron Amir Temur tavalludiga bugun 690 yil to‘ldi.
U zot nafaqat qudratli imperiya barpo etgan, balki ilm-fan, madaniyat va bunyodkorlik rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk shaxsdir.
📌 “Kuch adolatda” degan hikmatli so‘zlari bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
✨ Biz — buyuk zotlar avlodimiz. Bizning kuchimiz — bilimimizda, g‘ayratimizda va birligimizda!
___
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
