O‘quvchilar va bitiruvchilarning kelgusida ish bilan ta’minlanishini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, kasbiy ta’lim yo‘nalishlarini mehnat bozori talablari asosida rivojlantirish maqsadida Raqamli avlod jamoasi tomonidan O‘zbekistonning ilg‘or xususiy tadbirkorlik subyektlaridan biri — ProLight korxonasiga tashrif amalga oshirildi.
Tashrif jarayonida korxonaning ishlab chiqarish faoliyati, zamonaviy texnologik jarayonlari hamda xususiy sektor tomonidan talab etilayotgan mutaxassislik yo‘nalishlari atroflicha o‘rganildi.
Shuningdek, Raqamli avlod kasbiy tayyorlov kurslari doirasida tahsil olayotgan Mexatronika va robototexnika yo‘nalishi o‘quvchilarining o‘quv kurslarini tamomlagandan so‘nggi bandlik istiqbollari, amaliyot o‘tash va kelgusida ish bilan ta’minlash masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.
Mazkur tashrif kasbiy ta’lim bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, yosh mutaxassislarni zamonaviy kasblarga tayyorlash hamda ularning mehnat bozoriga muvaffaqiyatli integratsiyasini ta’minlashga xizmat qiladi.
#RaqamliAvlod #KasbiyTalim #Bitiruvchilar #YoshMutaxassislar #IshBilanTaminlash #Mexatronika #Robototexnika #ProLight #ZamonaviyKasblar #XususiySektor
_
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Post #3416
4.86K






