Bugun Bitcoin’ning Genesis Block’i tug‘ilgan kuni 🥳
2009-yil 3-yanvarda Bitcoin tarmog‘idagi birinchi blok - Genesis Block (Block #0) Satoshi Nakamoto tomonidan yaratildi. Aynan shu kundan boshlab butun kriptoindustriya tarixi boshlandi
Qiziqarli faktlar:
• Genesis Block ichiga maxfiy xabar joylangan:
“The Times 03/Jan/2009 Chancellor on brink of second bailout for banks”
Bu an’anaviy moliya tizimiga ishonchsizlik va Bitcoin’ning yaratilish sababini ko‘rsatadi
• Genesis Block’dan olingan birinchi 50 BTC hech qachon sarflanmagan - ular abadiy blokcheynda qoladi
• Ushbu blok oldingi blokga bog‘lanmagan, shu sababli u “genesis” deb ataladi
• Bitcoin markaziy banklarsiz, ruxsatsiz va ochiq tizim sifatida aynan shu blok bilan ishga tushgan
Bugun biz nafaqat bir blokning, balki moliyaviy erkinlik g‘oyasining tug‘ilgan kunini nishonlaymiz 🥳
Post #1093
363

- 🔥 1