🇺🇿🎓 DevOpsDays Tashkent 2026 maydon homiysi — Toshkent shahridagi Inha universitetini (TShIU) taqdim etamiz!
TShIU — O'zbekistondagi yetakchi IT universitetlardan biri bo'lib, 10 yildan ortiq tajribaga ega va xalqaro standartlar asosida faoliyat yuritadi. Bugungi kunda bu yerda 2000 dan ortiq talaba tahsil oladi va ta'lim ingliz tilida olib boriladi.
Bakalavriat uchta xalqaro dastur asosida taqdim etiladi: Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya va Italiya.
Janubiy Koreya dasturlari tarkibiga "School of Computer and Information Engineering" (SOCIE) — kompyuter fanlari va dasturiy muhandislik bo'yicha mutaxassislar tayyorlaydi, hamda "School of Business and Logistics" (SBL) — logistika, menejment, tadbirkorlik va raqamli biznes jarayonlariga qaratilgan yo'nalishlar kiradi.
Buyuk Britaniya dasturlari "Business and Management" va "Information Technology" kabi yo'nalishlarni o'z ichiga oladi. Ushbu dasturlar boshqaruv, tadbirkorlik, raqamli texnologiyalar va IT yechimlar ishlab chiqish sohalarida mutaxassislar tayyorlaydi.
Italiya dasturi "Computer Engineering and Data Science" yo'nalishini o'z ichiga oladi. Bu dastur kompyuter muhandisligi, ma'lumotlar tahlili va zamonaviy raqamli texnologiyalar bo'yicha mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan.
Magistratura bosqichida "MBA in Digital Transformation" dasturi mavjud bo'lib, u biznes boshqaruvini sun'iy intellekt, "big data" va "cloud" texnologiyalar bilan uyg'unlashtiradi. Ta'lim Toshkent va Janubiy Koreyada olib boriladi, bitiruvchilar esa Janubiy Koreyaning yetakchi universitetlaridan biri bo'lgan INHA University diplomini qo'lga kiritishadi.
EMBA dasturi esa biznesda sun'iy intellekt va ma'lumotlar tahliliga yo'naltirilgan. Ushbu dastur rahbarlar va mutaxassislar uchun mo'ljallangan bo'lib, ularga ma'lumotlarga asoslangan strategik qarorlar qabul qilish, IT yechimlarni joriy etish va kompaniyalarda raqamli transformatsiyani boshqarish ko'nikmalarini beradi.
https://inha.uz
Post #96
406

- 👍 2
- 🔥 2
- 🎉 1