TGViewer
DEVON NASHR DEVON NASHR @devonnashruz · 9.7K subscribers
Post #36 7.35K
'Bestseller' kitobdan parcha!

Chumchuqlarning Tugallanmagan Masali

Uya qurish mavsumi edi, lekin necha kunlik og'ir va mashaqqatli mehnatdan so'ng, chumchuqlar kechki shafaqda dam olib, chirqillashib o'tirishardi.

— Biz hammasi bo'lib juda kichik va ojizmiz. Uyalarimizni qurishda yordam beradigan boyo'g'limiz bo'lganida, hayot qanchalik oson bo'lishini tasavvur qiling!

— Ha! — dedi boshqasi. — Biz undan keksa va yoshlarimizga qarab turishda ham foydalanishimiz mumkin edi.

— U bizga maslahat berishi va mahalla mushugidan ko'z-quloq bo'lib turishi ham mumkin, — deb qo'shib qo'ydi uchinchisi.

Shunda qariyalaridan biri, Pastus so'z boshladi: — Keling, hamma tomonga kashfiyotchilarni yuboraylik va qayerdandir qarovsiz qolgan boyo'g'li bolasini yoki biron bir tuxumni topishga harakat qilaylik. Qarg'a jo'jasi yoki kichkina laska (suvsarsimonlarga kiruvchi kichkina yirtqich) ham bo'laveradi.

Bu — narigi hovlida 'Cheksiz Don Paviloni' ochilganidan beri boshimizga tushgan eng yaxshi narsa bo'lishi mumkin. To'da to'lqinlanib ketdi va har tomondagi chumchuqlar bor ovozlari bilan chirqillay boshlashdi.

Faqatgina Skronkfinkl — xavotirli tabiatga ega, bir ko'zli chumchuq — bu tashabbusning donoligiga ishonmadi. U shunday dedi: — Bu aniq bizning halokatimiz bo'ladi. Bunday maxluqni oramizga olib kelishdan oldin, avvalo boyo'g'lini xonakilashtirish va qo'lga o'rgatish san'ati haqida o'ylab ko'rishimiz kerak emasmi?

Pastus javob berdi: — Boyo'g'lini qo'lga o'rgatish juda qiyin ishga o'xshaydi. Boyo'g'li tuxumini topishning o'zi yetarlicha qiyin bo'ladi. Shuning uchun keling, o'sha yerdan boshlaylik. Boyo'g'lini o'stirib olishga erishganimizdan so'ng, ushbu boshqa qiyinchilikni o'z zimmamizga olish haqida o'ylashimiz mumkin.

— Bu rejada xatolik bor! — deb chiyilladi Skronkfinkl; ammo uning e'tirozlari zoye ketdi, chunki to'da Pastus bergan ko'rsatmalarni amalga oshirishni boshlash uchun allaqachon havo ko'tarilib bo'lgandi.

Faqat ikki yoki uchta chumchuq ortda qoldi. Ular birgalikda boyo'g'lilarni qanday qilib qo'lga o'rgatish yoki xonakilashtirish mumkinligini aniqlashga harakat qila boshladilar. Ular tez orada Pastus haq ekanligini anglab yetishdi: bu juda murakkab vazifa edi, ayniqsa mashq qilish uchun haqiqiy boyo'g'li bo'lmaganida.

Shunga qaramay, ular nazorat muammosiga yechim topilmasdan turib, to'da boyo'g'li tuxumi bilan qaytib kelishidan qo'rqib, qo'llaridan kelganicha harakat qilishda davom etishdi.

Hikoya qanday tugashi noma'lum, ammo muallif ushbu kitobni Skronkfinkl va uning izdoshlariga bag'ishlaydi...

Shu kabi postlar - @devonnashruz

Postni do'stlaringiz bilan ulashishni unutmang!
  • ❤ 7
  • 🔥 6
  • 👏 3
More from @devonnashruz
  1. Oct 13, 2026✅ Islom Karimov tarixini to’liq o’rganishga qiziquvchilar bormi ?
  2. Oct 13, 2026Post #56
  3. Oct 13, 2026Ilovaga yetarlicha test foydalanuvchilar qo'shildi. Qo'shila olmaganlar xavotir olmang 14…
  4. Oct 12, 2026✅ «Hikoyani shu yerda toʻxtishga majburman. Xotirani esa toʻxtatib boʻlmaydi. U saqlanib q…
  5. Oct 12, 2026✅ «O‘zingizni o‘zgartira olsangiz, atrofingizdagi barcha narsani ham o‘zgartira olasiz». �…
  6. Oct 12, 2026✅«Atrofimiz shovqinga to‘lgan bo‘lsa ham, ongimiz osoyishta qolishi mumkin; zimmamizga qan…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →