TGViewer
Channel Public Channel
Dev Farhod

Dev Farhod

@devfarhod

Yetakchi Dasturiy Muhandis

✔️ Dasturiy muhandis sifatida kariyerangizni qurishni o'rgataman.
✔️ Kariyeraviy hayotimdagi ibratli yutuq va yechimlarni ulashaman.

©️ Chewy, Mastery, Marvin, EPAM, Turing
Subscribers
282
Photos
123
Videos
10
Links
25

Showing posts older than #364 · Back to latest

Older Posts 20 shown
Post #363 682
Post #362 885
Men Kuchli Dasturchi EMASman! 🥴

Men o'zimdagi har bir kamchilikni bilaman va har bir inson o'zini har kimdan yaxshi biladi deb ishonaman.

Nimalarni bilmasligim, o'rgangan bilimlarimning aksari ishlatilmasdan eskirib qolayotgani, "men yaxshi dasturchi emasmanmi?" degan savolni paydo qiladi.

Bu "imposter" sindromi deyiladi. Professional odam bilimidan shubxa qilaveradi.

Xush qanday qilib bu sindromdan qutilish mumkin. Men bu borada izlanish qilmadim. O'zim uchun foyda bergan shaxsiy uslubimni siz bilan ham ulashmoqchiman.

💠 O'rgangan bilimlaringizni takrorlashni boshlang, shunda ular hali ham yodingizda ekanini anglaysiz.

💠 Yangi bilimlarni davomli o'rganing. Shunda doimiy rivojlanishni his qilasiz.

Yuqoridagilarni bajarish orqali siz o'zingizga ishonchingizni oshirasiz. O'zingizga ishonch, "imposter" sindromini yengishga yordam beradi.

Siz nima qilgan bo'lar edingiz?

🚀 Kanalga ulanish: @devfarhod
  • 👍 19
  • 🔥 1
  • 💯 1
Post #361 1.7K
Vaqtni Baholash - Time Estimation ⏳

Freelancer bo'lib ishlaysizmi yoki doimiy ishda ishlaysiz, siz doim vazifalarni yoki butun proyektni qancha vaqt olishini baholashingiz kerak bo'ladi.

Agarda baholashni noto'g'ri qilib, topshirish muddatidan kechiksangiz, siz guyoki yaxshi dasturchi emassiz. Aslida bu noto'g'ri. Baholash bu kafolat emas, bu tahmin. Uni hech kim 100% aniq qila olmaydi.

Xush qanday qilib vaqtni baholaymiz?

1. Proyketni kichik vazifalarga bo'ling va har bir vazifani alohida baholang. Tip. Har bir vazifani bajarilish qadamlarini aniq tasavvur qiling. Shunda uning qancha vaqt olishini tahmin qilish osonlashadi.

2. Tajribangizdan foydalaning. Agarda oldin bajargan ishingiz bo'lsa, oldin qancha olganiga qarab baholang.

3. Jamoa bilan maslahatlashing. Jamoa ichida avval shu kabi vazifani bajarganlar topilishi mumkin.

4. Three-Point Estimation: Optimiztik, pissimistik va eng real stsenariyalarni olib quyidagi formular yordamida baholang.

K = (O + 4E + P) / 6

K - Kutilayotgan vaqt
O - Optimistik vaqt
E - Eng real vaqt
P - Pissimistik vaqt

P.S. Bu muammoaga aniq siz ham duch kelgansiz 😎 Shunday bo'lsa, kommentariyada yozib qoldiring.

🚀 Kanalga ulanish: @devfarhod
  • 👍 9
Post #360 745
Leetcode 5 - kun

Yangi yilda 4 ta masala yechdim. Bir kun safar tufayli qolib ketdi.

Masalalarni "sliding window" va "two pointer" uslublari yordamida yechdim.

Siz qanday o'zgarishlar qildingiz?

🚀 Kanalga ulanish: @devfarhod
  • 👍 8
  • ⚡ 1
  • 🏆 1
Post #359 864
2024 - yilda Leetcode da 365 ta masala yechishni maqsad qilib qo'ydim.

Orangizda kimdir "challenge" ga qo'shilishni istaydimi? Guruhda yutuqlarimizni va "progress" ulashib boramiz.

Har kuni kamida bittadan yechim yuklashi kerak bo'ladi.

"Challenge" ga qo'shilishni istaganlar kommentariyada "+" qoldiring.

🚀 Kanalga ulanish: @devfarhod
  • 👍 5
  • ⚡ 1
  • 👨‍💻 1
Post #358 860
IT - ning "kuni bitmoqdami"?

Layoffs.fyi saytiga ko'ra, 2023 - yilda 1157 ta IT korxonalari 257.778 ta ishchini ishdan bo'shatgan.

Yilning boshida boshlangan bu fojiya, yil oxiriga kelib ham foal bo'lib qoldi.

Etsy. 13 - Dekabr 📉 225 ta bo'shatish, tahminan 11% ishchi kuchi.

Spotify. 4 - Dekabr 📉 1500 ta bo'shatish, tahminan 17% ishchi kuchi.

Tidal. 6 - Dekabrda 📉 40 ta bo'shatish, tahminan 10% ishchi kuchi.

Zulily butunlay yopilmoqda, 800 dan ko'p ishchi ishsiz qoladi.

Twilio. Dekabr boshida tahminan 300 ta bo'shatish, tahminan 5%. Bu hammasi emas, Fevralda yana 17% bo'shatish ro'y berishi ma'lum qilingan, bu degani tahminan 1500 ta ishchi degani.

Shonli kunlarimiz ortda qoldimikan?

Bu mavzuda chuqqurroq izlanish qilib, xulosalarimni sizlar bilan ulashaman. Maqsadim, talabgir bozorga qanday moslashishni aniqlash.

🚀 Kanalga ulanish: @devfarhod
  • 👍 7
Post #357 851
Business Logic 🚀

Dasturda biznes mantiqni boshqalaridan ajratish, uni kengaytirishga qulay qiladi.

🤔 Biroq qanday qilib biznes mantiqni boshqalaridan farqlab olamiz? Ko'pchilikda shu muammo bo'lsa kerak.

🎯 Shu sababdan bu mavzuga chuqurroq kirishga va tushinishga harakat qildim. Va quyidagicha xulosa qildim.

Biznes mantiq:

- Dastur yo'nalishiga, sohasiga doir bo'lgan qoida va xususiyatlar.

- Faqatgina siz qurayotgan dasturga xos, takrorlanmas mantiqlar.

- Ma'lumotlarni to'g'riligini tekshirish mantig'i.

- Biznes qoidalariga asoslanib qaror qilishni talab qiladigan mantiq.

- Biznes talablariga ko'ra tez-tez o'zgarib turuvchi mantiq.

- UI va ma'lumotlarga kirish qatlamidan ajralib turuvchi mantiq.

Misol uchun onlayn dukon dasturida, "shopping cart" dagi mahsulotlarning umumiy narxini hisoblash, chegirmalarni qo'llash va yekazib berish narxlarini hisoblash mantig'i.

Bu ro'yxatga nimani qo'shgan bo'lar edingiz?

🚀 Kanalga ulanish: @devfarhod
  • 👍 7
Post #356 1.01K
2023 yilda o'rgangan texnalogiyalarim

- React Native
- Java - ni ishlatib, maxsus React Native kutubxonasi qurish.
- Swift - ni ishlatib, maxsus React Native kutubxonasi qurish.
- Node.js
- Express.js ni ishlatib REST API qurish.
- MongoDB
- Azure AD B2C
- JWT (Haa, adashmadingiz, haligacha JWT ni o'rganmagan edim 😅)
- Jest va React Testing Library
- Redux Thunk
- TailwindCSS
- ChatGPT bilan birgalikda ishlash.

Yuqoridagi texnalogiyalarni ipida-ignasigacha o'rganmadim. Faqat ishimni bitirish uchun kerak bo'lgan qismini o'rgandim. Biroq 2024 - yilda bu texnalogiyalarni chuqur o'rganmoqchiman.

Siz qaysi texnalogiyalarni o'rgandingiz va 2024 - da qaysi texnalogiyalarni o'rganmoqchisiz❓

Kanalga ulanish: @devfarhod
  • 👍 17
  • 💯 1
Post #354 1.89K
Bir ajoyib yangilikni sizlar bilan ham bo'lishishni istadim.

Yaqinda Microsoft korxonasining CEP - Customer Experience Platform nomli proyektida Lead Software Engineer sifatida ish boshladim.

Senior dan Lead darajasiga ko'tarilishga anchadan buyon harakat qilib yurgan edim. Va nihoyat bu amalga oshdi. 😊

Endigi navbat Staff Software Engineer darajasiga ko'tarilish.

Maqsad qo'ysangiz va unga erishish uchun harakat (sababini) qilsangiz, albatta ko'zlagan maqsadingizga erishasiz, In Sha Allah.

Ma'lumot o'rnida men full-time ishchi emasman, kontraktorman. Ya'ni yollanma ishchi. Faqat shu proyekt tugaguncha ishlayman.

Kanalga ulanish: @devfarhod
  • 🎉 45
  • 👍 15
  • 🔥 2
  • ❤ 1
  • 🏆 1
Post #353 1.47K
Keyingi 20 yillikda AI dasturchilarning o'rnini egallay oladimi?

Javobni AI bo'lmish, GPT ning o'zidan eshiting!

Keyingi 20 yil ichida sun’iy intellekt dasturchilarni to‘liq o'rnini egallashi dargumon. AI dastur ishlab chiqishning ma'lum jihatlarini avtomatlashtirishga qodir bo'lsa-da, inson tajribasi talab qilinadigan ko'plab vazifalar mavjud.

Dastur ishlab chiqish nafaqat kod yozishni, balki murakkab biznes talablarini tushunish, dastur arxitekturasini loyihalash, nosozliklarni tuzatish va muammolarni bartaraf etishni ham o'z ichiga oladi. Bu vazifalar inson ijodkorligi, muammolarni hal qilish qobiliyati va tanqidiy fikrlashni talab qiladi, bu kabi ish AI uchun qiyinlik qiladi.

Bundan tashqari, AI hali rivojlanishning dastlabki bosqichida va so'nggi yillarda sezilarli yutuqlarga erishgan bo'lsa-da, u hali ham cheklovlarga ega. AI faqat o'qitilgan ma'lumotlarga asoslanib ishlay oladi va bu doiradan tashqariga chiqa olmaydi. Dasturni ishlab chiqish doimiy o'rganish va moslashishni talab qiladi, bunga esa sun'iy intellekt erisha olmasligi mumkin.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, AI dasturchilarga ishlarida yordam berishi mumkin bo'lsa-da, keyingi 20 yil ichida yoki undan keyin ham ularni to'liq o'rnini egallashi dargumon.

Kanalga ulanish: @devfarhod
  • 👍 21
Post #352 1.32K
Ishga joylashishning zo'r yo'li 😊

Kanalga ulanish: @devfarhod
  • 🤣 28
  • 😁 6
Post #351 1.28K
Assalomu alaykum, dasturchilar!

Yangilanish fasli baxor hamda ajoyib bayram "Navro'z" ayyomi bilan qutlayman. Ushbu kunda sizni quvonch va shodlik tark etmasin. 🌿☀️🌤

@devfarhod
  • 👍 12
  • 🎉 3
  • 👨‍💻 2
  • 🏆 1
Post #347 1.19K
Seshanba kunidagi suhbatning yozib olingan shakli.

👶 Birinchi marta videoni montaj qildim. Oddiy yuklagandan ko'ra yaxshiroq qilishga harakat qildim.

💬 Montaj haqida o'z fikringizni bildiring.

Kanalga a'zo bo'lish: @devfarhod
  • 👍 13
Post #345 1.34K
JavaScript va Python eng ajoyib dasturlash tillari ekanini bilar edingizmi?

Ular juda ko'p qirrali va veb-saytlar yaratishdan tortib ilg'or Machine Learning algoritmlarini yaratishgacha bo'lgan barcha turdagi loyihalar uchun ishlatilishi mumkin.

Agar siz dasturlashga yangi bo'lsangiz, qaysi birini birinchi bo'lib o'rganish kerak degan savol tug'ilishi mumkin. Javob shunday: Nega ikkisini ham o'rganamasligingiz kerak?

JavaScript va Python ni o'rganish orqali siz ajoyib loyihalarni yaratishingiz va asosiysi bu jarayondan zavq olishingiz mumkin.

Agar siz endigina boshlagan bo'lsangiz, tashvishlanmang - bir vaqtning o'zida bir qadam tashlang va mashq qilishda davom eting. Kim biladi, balki bir kun kelib siz keyingi mashxur ilova yoki o'yinni yaratarsiz. 😎

Kodlashni davom eting va zavqlaning!

Dasturlashni yaqinda boshlagan do'stingizga jo'natib qo'ying. 😉

Kanalga a'zo bo'lish: @devfarhod
  • 👨‍💻 7
Post #339 1.36K
Bugungi jonli suhbatning yozib olingan shakli.

Boshlanishida biroz qismini yozib olish yodimdan ko'tarilibdi. 😢

Kanalga a'zo bo'lish: @devfarhod
  • 👍 5
  • 🔥 3
  • 👏 1
  • 🤩 1
Post #335 1.64K
Bugungi jonli suhbatning yozib olingan shakli

Kanalga a'zo bo'lish: @devfarhod
  • 👍 13
  • 👏 3
  • ❤ 2
  • 🤩 1
Post #330 1.59K
Kechagi suhbatning yozib olingan shakli.

Kanalga a'zo bo'lish: @devfarhod
  • 👍 15
  • 👏 2
  • 🤩 1
  • 🏆 1
Post #329 1.47K
ElevenLabs ovozni klonlashni farqlab bo'lmas darajaga olib chiqdi.

Endi istalgan odamga istalgan gapni gapirtirsak bo'ladi.

DeepFake va generativeAI texnalogiyalarini birgalikda ishlatsak, nima haqiqat-u, nima yolg'on ekanini bilib bo'lmaydi.

Har zamonning o'z rivojlanishi bo'lgani kabi, sun'iy intellekt hozirgi vaqtning eng katta texnologik rivojlanishi bo'lmoqda.

Kanalga a'zo bo'lish: @devfarhod
  • 👍 4
  • 👏 3
  • 🤩 1
  • 🏆 1
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →