Men o‘rganadigan bilimlarimni ikki turga ajrataman:
1. Yadro bilim
Bu bilim:
- qaror qabul qilishga yordam beradi
- boshqa bilimlarni tushuntiradi
- uzoq vaqt davomida o‘z ahamiyatini saqlaydi
- AI bilan almashtirilishi qiyin
- kontekstsiz ham tushuntiriladi
2. Vosita bilim
Bu esa:
- tez o'zgaradi
- API va vositalarga taalluqli
- kerak bo'lganda ochiladi
- AI va hujjatlar bilan topish oson
Bularni yodlash shart emas. Kerak bo‘lganda docs yoki AI yordamida topaman.
Yadro bilimni qanday aniqlayman?
Har bir yangi bilimga 5 ta savol beraman:
1. Qaror qabul qilishda kerakmi?
2. Boshqa narsalarni tushuntiradimi?
3. Uzoq vaqt davomida o‘zgarmaydimi?
4. AI buni mening o‘rnimga fikrlab bera olmaydimi?
5. Kontekstsiz ham tushuntirib bera olamanmi?
3 yoki undan ko‘p "ha" → Yadro bilim.
2 yoki undan kam → Vosita bilim.
Masalan, database indexing qanday ishlashi va qachon index kerakligini tushunish yadro bilim.
Ammo
CREATE INDEX sintaksis yoki EXPLAIN ANALYZE flaglarini yodlash vosita bilim. Bularni kerak bo‘lganda docs yoki AI yordamida topish mumkin.Shuning uchun mening o‘rganish modelim:
Yadro → mental model shakllantirish.
Vosita → ishlash jarayonida AI + docs orqali topish.
Menimcha, AI davrida asosiy mahorat hamma narsani yodlash emas.
Nimani o‘zing bilishing kerakligini, nimani esa kerak bo‘lganda topish mumkinligini ajrata olish.
@devfarhod