TGViewer
Dev Farhod Dev Farhod @devfarhod · 282 subscribers
Post #431 191
Oldingi post davomi..

Bu saboqni allaqachon o'zlashtirgan edim - shunday deb o'ylagandim.

O'zimning hozirgi startupimda men xuddi shu xatoni takrorladim. Ishlaydigan prototipni tezda qurib, keyin uni rivojlantirib, tuzatib borishga tushib ketdim — xuddi avvalgidek.

Va yana xuddi o'sha joyga kelib to'xtadim: eng muhim narsa reja ekan.

AI bugun juda tez kod yozadi. Bu haqiqat. Lekin uning tezligi — sizning aniqligingizga qarab ishlaydi. Reja qanchalik puxta bo'lsa, biznes qoidalari qanchalik aniq belgilansa, arxitektura va tech stack qanchalik ravshan bo'lsa — AI tahmin qilmaydi, shunchaki bajaradi.

Shu reja ichida esa eng muhim hujjat — arxitektura hujjati. Imkon qadar C4 modelidan foydalanib, batafsil yozish kerak. Va bu hujjat ichida bitta narsa bo'lmasligi shart: kod. Reja — g'oya haqida, kod esa — natija haqida.

Coding arzonlashdi. Lekin xarajat yo'qolgani yo'q — u shunchaki boshqa joyga ko'chdi: rejalashtirishga.
  • 🔥 3
  • 👍 2
More from @devfarhod
  1. Oct 6, 2026Har doim ruchka va daftar olib yuring. Agarda o'qigan narsangizni haqiqatda tushinishni is…
  2. Oct 4, 2026Stol ustida laptop. Ekranda - yana bir prompt. Miyyamda esa - 23 ta "eslab qol" emas, balk…
  3. Oct 2, 2026Cursor Projects chiqqanda. “Ana endi context ni qayta va qayta har bir agentga aytishim sh…
  4. Oct 2, 2026Qo‘pol qilib aytganda, to‘g‘ri nazariya bo‘lmasa, tezroq mashinalar shunchaki noto‘g‘ri ja…
  5. Sep 25, 2026AI ishonchsiz software yaratadi. Nega? Asosiy sabab, AI kod yozishda "to'g'ri software" em…
  6. Sep 23, 2026Trenirovka. 3-kun. Alhamdulillah. Insights: - Og’riqlar ketdi. - O’zimni ancha tetik his q…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →