TGViewer
Dev Farhod Dev Farhod @devfarhod · 282 subscribers
Post #408 416
Hayotda ko‘p narsalar noaniq. Misol uchun: AI dasturchilarni ishini avtomatlashtiradimi yoki yo‘q? Hech kim aniq bilmaydi, faqat tahmin qilishadi.

Faktlarga asoslangan ilmiy izlanish bilan taxmin qilish mumkin, lekin 100% ishonchga ega bo‘la olmaymiz. Ilgari kelajakni aniq ko‘ra olmasam, biror ishni boshlashga qo‘rqar edim. Shuning uchun ko‘p narsalarni sinab ko‘rmaganman.

Tajribamdan o‘rgandimki, rejalaringiz kelajakda qanchalik samarali bo‘lishini taxmin qilgan holda, qolganini Allohga tavakkal qilib davom etish kerak.

AI mening ishimni olib qo'yadimi? Bu haqida xavotirlanmayman. Men ishonamanki, men vaziyatga tez moshlashib keta olaman. Chunki o‘rganish va rivojlanish allaqachon mening hayotimning bir qismiga aylangan.

Biroq, "mentorlik" qilishni ham yaxshi ko‘raman. Lekin, AI tufayli bu sohaga qiziqish kamayayotgandek tuyuladi, va ba’zida bu yo‘ldan to‘xtagim kelgandek bo‘ladi.

Bugun angladimki, aniq bo‘lmagan narsalar ustida bosh qotirish o‘rniga, o‘rgatishda davom etaman va o‘zgarishlarga qarab yo‘limni moslashtirib boraman.

Sizda ham shunday ikkilanish bo‘lganmi?

@devfarhod
  • 👍 4
More from @devfarhod
  1. Oct 7, 20265-kun. Alhamdulillah. Shu kunlarda kam-kam, biroq davomli qilishning kuchini ham sportda h…
  2. Oct 6, 2026Har doim ruchka va daftar olib yuring. Agarda o'qigan narsangizni haqiqatda tushinishni is…
  3. Oct 4, 2026Stol ustida laptop. Ekranda - yana bir prompt. Miyyamda esa - 23 ta "eslab qol" emas, balk…
  4. Oct 2, 2026Cursor Projects chiqqanda. “Ana endi context ni qayta va qayta har bir agentga aytishim sh…
  5. Oct 2, 2026Qo‘pol qilib aytganda, to‘g‘ri nazariya bo‘lmasa, tezroq mashinalar shunchaki noto‘g‘ri ja…
  6. Sep 25, 2026AI ishonchsiz software yaratadi. Nega? Asosiy sabab, AI kod yozishda "to'g'ri software" em…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →