TGViewer
Dev Farhod Dev Farhod @devfarhod · 282 subscribers
Post #406 665
Oylikni oshirishning eng yaxshi yo’li? 💸

Doimiy ish bilan band bo‘lgan paytingizda doimiy ravishda yangi va yaxshiroq ish o‘rinlariga topshirib ko‘ring.

Odatda ko‘pchilik ishidan ayrilgandan keyingina yangi ish qidirishni boshlaydi, lekin bu unchalik samarali emas. ❌

Nega deganda, ishsizlik paytida stress tufayli suhbatlarga yaxshi tayyorgarlik ko‘rish qiyin bo‘ladi. Shoshgan holda past maoshga ham rozi bo‘lib qo’yish ehtimoli oshadi.

Aksincha, doimiy ishingiz bo‘lgan paytda yangi ishlarga topshirib ko‘rsangiz, agar biror jihati yoqmasa, osongina rad etishingiz mumkin. Bu holatda siz yuqori maoshni ancha dadil muzokara qila olasiz.

Shunday ekan, har doim ish qidiring, lekin etik me’yorlarga rioya qilishni unutmang. 🔍

Agar yaxshiroq taklif olsangiz, hozirgi ish beruvchingizga bu haqida xabar bering va rag‘batlantirish so‘rang. Agar rag‘batlantirish bermasa, xotirjamlik bilan rahmat ayting va yangi ishga o‘tib keting.

Bu bilan nafaqat oyligingiz oshadi, balki vijdonan ham toza bo‘lasiz. ✔️

@devfarhod
  • 🔥 22
  • 👍 1
More from @devfarhod
  1. Oct 7, 20265-kun. Alhamdulillah. Shu kunlarda kam-kam, biroq davomli qilishning kuchini ham sportda h…
  2. Oct 6, 2026Har doim ruchka va daftar olib yuring. Agarda o'qigan narsangizni haqiqatda tushinishni is…
  3. Oct 4, 2026Stol ustida laptop. Ekranda - yana bir prompt. Miyyamda esa - 23 ta "eslab qol" emas, balk…
  4. Oct 2, 2026Cursor Projects chiqqanda. “Ana endi context ni qayta va qayta har bir agentga aytishim sh…
  5. Oct 2, 2026Qo‘pol qilib aytganda, to‘g‘ri nazariya bo‘lmasa, tezroq mashinalar shunchaki noto‘g‘ri ja…
  6. Sep 25, 2026AI ishonchsiz software yaratadi. Nega? Asosiy sabab, AI kod yozishda "to'g'ri software" em…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →